Kimlar mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi?

DO`STLARGA ULASHING:

Kimlar mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi?

Aloqa-botimizga kimlar mol-mulk solig‘idan ozod qilinishi haqida savollar kelib tushadi.

Bugun sizlar bilan mana shu mavzuga to‘xtalamiz:

Ma’lumotlarga ko‘ra, quyidagi 3 toifa jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘idan ozod qilinar ekan:

👍 pensionerlar;
👍 1-2 guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
👍 o‘n va undan ortiq bolasi bor oilalar.

Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan, ular 60 kvadrat metr doirasidagi mol-mulki uchun soliqdan ozod qilingan.

Agar shaxsning bir-nechta mulki bo‘lsa, imtiyoz o‘zining tanloviga asosan faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulkiga tadbiq etiladi.

Imtiyozdan foydalanish uchun nima qilish kerak?

● Pensionerlar ushbu huquqlaridan pensiya guvohnomasi,

● 1-2 guruh nogironlari esa nogironlik guvohnomasini,

● o‘n va undan ortiq farzandi bor oilalar esa mahalladan bolalari borligini tasdiqlaydigan ma’lumotnomani o‘zi yashab kelayotgan hududdagi soliq organiga shaxsan taqdim etish yo‘li bilan foydalanishi mumkin.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

Оставьте комментарий