Kompyuterda xavfsiz rejim

DO`STLARGA ULASHING:

⚠️ Kompyuterda xavfsiz rejim
Kompyuterni yuklashda xavfsiz rejim(Безопасный режим, safe mode) orqali operatsion tizimga kirish mumkin. Qaysi hollarda bu rejimdan foydalanish lozim?
?Operatsion tizim ishlashida nuqsonlar paydo bo‘lsa;
?viruslar kompyuter yuklanishiga ta’sir qilsa(yoki tizim umuman yuklanmasa);
?avtozagruzka bo‘limiga biror virus o‘rnashib qolib, ish jarayonini to‘xtatib qo‘ysa;
?drayverlar bilan muammo bo’lsa;
?tizimni qayta tiklash uchun(Средство восстановления системы).
Xavfsiz rejim orqali kompyuter yuklanganda, operatsion tizim yuklanishi uchun zarur bo‘lgan minimal dastur va drayverlar yuklanadi. Ortiqcha har qanday ishchi dasturlar, stillar, drayverlar bloklanadi(ishga tushmaydi), siz u yerda to’liq funksiyalar bilan ishlay olmaysiz, hattoki o’yin ham o’ynolmaysiz, chunki tizim standart drayver bilan ishga tushadi.
Odatda «Безопасный режим» ga kirish uchun, kompyuter yuklanayotganda F8 tugmasini bosish kerak bo‘ladi va «Safe Mode(«Безопасный режим») punktini tanlanadi. Shundan so‘ng kompyuter xavfsiz rejimga o‘tadi.
Buni yuklangan tizimning chetki qismidagi » Безопасный режим » deb yozilgan qismidan ham bilib olish mumkin bo‘ladi(bilishning yana bir yo‘li, bu rejimda, odatda tizim qora fonda va shriftlar kattalashgan ko‘rinishda bo‘ladi).
Bu rejimga kirish yo’llari:
✅ Odatda kompyuter yoqilayotganda F8 tugmasi tez-tez bosiladi va paydo bo’lgan menyudan » Безопасный режим » tanlanadi.
✅ Operatsion tizimga kiriladi va u yerdan:
Win+ R(Выполнить) ➡️ msconfig
«Конфигурация системы» oynasi ochiladi va «Загрузка» vkladkasiga o’tiladi va «параметры загрузка» bo’limidan «Безопасный режим» punkti belgilanadi va tizim qayta yuklanishga(перезагрузка) beriladi.
Kirib oldik, endi nima qilish kerak?
Muammoga qarab nima qilishligi kelib chiqadi, misol uchun drayver xato o’rnatilgan bo’lsa, o’chirib tashlanadi, avtozagruzkada virus bo’lsa, tozalanadi, qandaydir dastur ishlashga xalaqit qilsa, yaxshilab sozlanadi, hullas xavfsiz joydan muammolarga qarshi kurashiladi.

Оставьте комментарий