Levokarnitin foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Levokarnitin foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

?Levokarnitin — metabolik vosita.
?2 ml, 5 ml, 10 ml ampulalarda chiqadi.

?Tarkibi:

1 ta ampula quyidagilarni saqlaydi:?

⭐️Faol modda : Levokarnitin
⭐️Yordamchi modda: Xlorid kislota , ineksiya uchun suv.

?Ta’sir qilishiga ko’ra:

Metabolik vosita, B guruh vitaminlarga yaqin bo’lgan tabiiy vosita. Modda almashinuvini normallashtiradi.

?Qo’llanilishi

— Pediatriyada shifokor nazorati ostida 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda
— Chala tug’ilgan go’daklar, yangi tugilgan chaqaloqlar, tug’ruq travmasi yoki asfiksiya o’tkazganlarni parvarish qilishda
— So’rish refleksi sust va tana massasini oshishi qiyin bo’lgan bolalarda, harakat va ruhiy faoliyati yetarli bo’lmagan bolalarda
— 16 yoshgacha bo’lgan bolalarda o’sishdan orqada qolish, semizlikda qollaniladi.
— Yurak kasalliklarida, miokarditda, o’tkir miokard infarkti va infarktdan keyingi holatlarda.
— Bosh miyaning qon tomir patologiyasida va uning oqibatida kelib chiqqan nevrorologik kasalliklarda.
Travmadan keyingi nevrologik kasalliklarda.
— Jigar kasalliklarida, me’da sekretor faoliyatining sustligida. Sekretor faoliyati past bolgandagi surunkali gastritda
— Ishtaha pasayishi, tana vazni kamayib ketganda,
— Operatsiyadan keyingi holatda tiklanish davrida.
— Muntazam jismoniy mehnatdan keyin, toliqishni kamaytirish uchun
— Psoriazda,seboreyali ekzemada qo’llaniladi.
— Stenokardiya, miyada qon aylanishi buzilganda.
— Psixogen anoreksiyada
— Psixik kasalliklarda
— Qon bosimi past bolganda
— Tireotoksikozda
— Ishemik insultda
— Bosh miya travmalarida

?Qabul qilish usuli va dozasi

Vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi.(sekin yuborish kerak). Vena ichiga yuborishdan oldin ampulani ichidagisi 100 — 200 ml erituvchida ( 0,9 % natriy xlor eritmasi yoki 5% glukoza eritmasida eritiladi ( osma ichiga qo’shiladi).

?Nojo’ya ta’siri

— Uyqusizlik
— Ko’ngil aynish ,qayd qilish
— Bosh og’rig’i
— Muskullar bo’shashishi
— Gastralgiya

?Qo’llashga qarshi ko’rsatma

— Preparatga yuqori sezuvchanlik bo’lganda.
— Qon bosimi baland bo’lganda
— Homiladorlik vaqti va emizish davrida qabul qilish mumkin emas.

?ESLATMA: Kartan, L— viava , karnit, aviakarnitin, metakartin, alotrem kabi ampulalarning tarkibi ham levokarnitin hisoblanadi.

Levokarnitin sostav dori vositalari me’daning kislotalilik miqdorini (darajasini) oshiradi. ( Omez, omeprazol kabi preparatlar me’daning kislotaliligi oshib ketganda pasaytirardi. Bir biriga qarama qarshi vosita).

Оставьте комментарий