Lola Ahmedova — Yonimda bo’lsang

DO`STLARGA ULASHING:

Lola Ahmedova — Yonimda bo’lsang 

Ishqning ko`zi ko`r bo`ladi,
Azobga sevganlar ko`nadi.
Mingta dardni ko`zga ilmas,
Shunda bari zo`r bo`ladi.

Sevgidan hech zar topmas,
Baxtga eshigin hech yopmas.
Ayirguvchilar ko`p bo`lsa,
Ishqini shunchaki sotmas.

Armonlar bag`rida yonadi
Sensiz bu yuragim.
Yonimda bir umr bo`lsang, jonim,
Ushalar har tilagim. (x2)

Toshni yorib o`tar sevgi,
Yenga olmaysiz – bu belgi.
Ortga tashlab ketar dardni,
Qadrlaydi sevgi mardni.

Sevgidan hech zar topmas,
Baxtga eshigin hech yopmas.
Ayirguvchilar ko`p bo`lsa,
Ishqini shunchaki sotmas.

Armonlar bag`rida yonadi
Sensiz bu yuragim.
Yonimda bir umr bo`lsang, jonim,
Ushalar har tilagim. (x2+x2)

Оставьте комментарий