Magniy – organizm uchun muhim element

DO`STLARGA ULASHING:

✍🏻Magniy – organizm uchun muhim element

‼️Inson organizmi faoliyatida magniyning ahamiyati juda katta. Uning ko‘p qismi suyak to‘qimalari tarkibida bo‘ladi.

‼️Qon plazmasi, eritrotsitlar va yumshoq to‘qima tarkibida bu element asosan ionlashgan holda uchraydi. Shuningdek, uning ko‘pgina qismi oqsillar, ayniqsa, ferment oqsillari bilan bog‘langan. Agar hayvonlar magniy tuzlari bo‘lmagan ozuqa bilan boqilsa, ularning yurak faoliyati izdan chiqib, nobud bo‘ladi. Mabodo, qonga ko‘p miqdorda magniy tuzlari yuborilsa, kishining boshi aylanadi, bu holat magnezial narkoz deb ataladi.

‼️Ushbu kimyoviy element qon tomirlarini kengaytiruvchi, ichaklar harakatini yaxshilovchi, o‘t ajralishini ko‘paytiruvchi xususiyatga ega. Magniy birikmalari – magniy sulfat, magniy karbonat, magniy tiosulfat kabi dori vositasi sifatida ishlatiladi. Ichak va qon tomirlar devorlarida, yurak va suyak mushaklarida magniy yetishmasa, ularda kalsiy ko‘payishi tajribalarda aniqlangan.

‼️Kishi organizmining bu moddaga bo‘lgan ehtiyoji asosan oziq-ovqat mahsulotlari hisobiga qondiriladi. Ayniqsa, homilador va emizikli ayollar organizmining magniyga bo‘lgan ehtiyoji kuchli.

‼️Katta yoshdagi kishilar bir kunda 500 mg, homiladorlar 925 mg, emizikli ayollar 1250 mg, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar 140 mg, 14-17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 530 mg. magniy iste’mol qilishlari lozim.

‼️Oziq-ovqat mahsulotlaridan loviya, mosh, suli, grechka yormasida, no‘xat va boshqa dukkakli mahsulotlarda xam magniy mo‘l bo‘ladi.

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek