Magniy sulfat ( magneziya) foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Magniy sulfat ( magneziya) foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

?Magniy sulfat ( magneziya) ampulasi — spazmolitik ( mushaklarni bo’shashtiruvchi) vosita.

# Магний сулфат ампула
#Magniy sulfat ampula

?Dori shakli: 5 ml va 10 ml ampulalarda chiqadi.

?Tarkibi:

5 ml ampula quyidagilarni saqlaydi?

⭐️Faol modda : Magniy sulfat geptagidrati — 1,25 gr.
⭐️Yordamchi modda: Ineksiya uchun suv.

?Ta’sir qilishiga ko’ra.?

— Aritmiyaga qarshi
— Antigipertenziv ( qon bosimini tushiruvchi).
— Sudorgiga qarshi vosita
— Spazmolitik ( mushaklarni bo’shashtiruvchi).

?Qo’llanilishi

— Qon bosimi baland bo’lganda
— Magniy organizmda kamayib ketganda
— Qorincha taxikardiyasida
— Sudorgi kasalligida
— Bachadon qisqarishi kuchayganda
—Simob, mishyak, qo’rg’oshin dan zaharlanganda
— Mushaklar kuchli qisqarib qolganda, ya’ni tonusi oshib ketganda
— Epilepsiyadan keyingi holatlarda

?Qo’llash usuli va dozasi

Vena ichiga yuboriladi. 5 ml ampulani venadan yuborsa ham boladi. Yoki 5 ml magniy sulfat ampulasi va 5 ml 0,9 % li natriy xlor ampulasini qo’shib 10 ml shpris bilan venadan yuborsa bo’ladi. Mushakdan yuborish esa 5 ml magniy sulfat ampulasi va 5 ml 0,5 % novokain ampulasini qo’shib mushak ichiga yuborsa ham bo’ladi. Magniy sulfatni o’zini mushakdan yuborish juda og’riqli bo’lgani sabab venadan yuboriladi.

Bolalarga esa yoshiga qarab shifokor maslahati bilan yuboriladi

?Nojo’ya ta’siri

— Bradikardiya ( yurak urishi sekinlashib ketishi).
— Qon bosimi tushishi
— Bosh og’rigi
— Holsizlik, terlash
— Siydik kop ajralishi
— Ko’ngil aynish , qusish
— Nafas siqilishi

?Qo»llash mumkin bo’lmagan holatlar:

— Miasteniya ( mushaklar bo’shashib, kuchli va surunkali charchoq, holsizlikda).
— Bradikardiya ( yurakning sekin urib ketishi).
— Qon bosimi past bo’lganda
— Kalsiy organizmda kamayib ketganda ( gipokalsiyemiyada).
— Magniy organizmda kopayib ketganda ( gipermagniyemiya)da.
— Atrioventrikulyar blokadada
— Buyrak ogir buzilishida

Оставьте комментарий