Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish

DO`STLARGA ULASHING:

Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish
How to change FAT32 to NTFS without losing data

Agar biror bir sababga ko‘ra, masalan, FAT32 fayl tizimidagi fayl hajmiga o‘rnatilgan cheklov sababli fleshkani, qattiq disk yoki SSD’ning qismi (раздел)ni FAT32’dan NTFS’ga ma’lumotlarni yo‘qotmasdan va formatlashsiz o‘zgartirishingiz kerak bo‘lsa, buni amalga oshirish juda oddiy va bu uchun Windows 10, 8.1 yoki Windows 7’ga o‘rnatilgan vositalarning o‘zi yetarlidir.

Ushbu maqolada ma’lumotlar dahlsizligini saqlagan holda fleshka, qattiq disk yoki SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘tkazish haqida batafsil so‘z yuritiladi.

Fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish

Disk, fleshka yoki boshqa ma’lumot saqlash qurilmasidagi fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish uchun Windows 10, 8.1 va Windows 7’da buyruq satrining mos tarzda convert.exe deb nomlanuvchi o‘rnatilgan utilitasi mavjud. Undan foydalanish tartibi esa quyidagicha:

1. Buyruq satrini Administrator nomidan ishga tushiring. Windows 10’da buni vazifalar panelidagi qidiruvdan foydalangan holda amalga oshirish mumkin (“Командная строка” jumlasini kiritamiz, so‘ngra “Запуск от имени администратора” bandini tanlaymiz yoki buyruq satri ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, xuddi shu bandni tanlaymiz).

2. Ushbu qadam majburiy emas, lekin buni FAT32’ni NTFS’ga o‘zgartirishdan oldin amalga oshirish tavsiya etiladi. Ushbu buyruqni kiriting (D: harfini fayl tizimi o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan disk harfiga o‘zgartiring): chkdsk D: /f va Enter’ni bosing. Skrinshotdagi namunada fayl tizimi o‘zgartirilayotgan fleshkaning harfi farq qiladi.

3. Diskni xatoliklarga tekshirib bo‘lgach, ushbu buyruqni kiriting (bunda ham harfni o‘zingiznikiga almashtirasiz): convert D: /FS:NTFS

4. O‘zgartirish yakunlanishini kuting. Unutmang, sekin ishlaydigan qattiq disklarda bu uzoq vaqt talab etishi mumkin. Jarayon oxirida siz fayl tizimini o‘zgartirish yakunlangani to‘g‘risida xabar olasiz.

Shu bilan jarayon yakuniga yetadi, hamda fleshka, disk yoki boshqa har qanday ma’lumot saqlash qurilmasidagi fayl tizimi FAT32’ning o‘rniga NTFS’ga o‘zgargan bo‘ladi.

-=-=-=-=-=-=-=-=-=-=-

🚀 “IT specialist” kanali

2 комментария к “Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish”

Оставьте комментарий