Messi yangi klubi Inter Mayamida qancha ishlab topadi ?

DO`STLARGA ULASHING:

Messi yangi klubi Inter Mayamida qancha ishlab topadi ?

Yaqindagina Leo Messi Saudiyaning Al-Hilol klubini 1 mlrd yevrolik taklifini rad etib, Inter Mayami bilan shartnoma imzolashni afzal ko’rdi. U asosiy maqsadi Barselonaga qaytish ekanligini yashirmadi, ammo Barselona tayinli shartnoma taklif qila olmagach Messi ortiq kutishni xohlamadi. Futbol afsonalaridan biri va Inter Mayami xo’jayini David Bekham Messini iliq qarshi oldi. Messi Mayamiga yo’l olishdan oldin Bekhemga ligani raqobatdoshligini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
(https://www.championat.com/football/article-5130681-lionel-messi-perejdyot-v-klub-mls-inter-majami-chto-za-komanda-zarplata-kontrakt-kak-igrayut-bekhem-otkaz-barse.html)
Messi har mavsum oxirida jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Manbalarga ko’ra shartnomaga quyidagi bandlar kiritilgan Messi Mayamidan yiliga 60 mln yevro maosh, Apple obunachilaridan tushgan foydani 1 foizi, shuningdek Adidas kompaniyasi sotuvlardan foyda ulushi oladi. Bulardan so’ng Messi faoliyatini yakunlagach MLS klublari aksiyasini sotib olib klublarga egalik qilish huquqini ham qo’lga kiritadi.

Оставьте комментарий