Mobil operatorlarning iyun oyidagi yangi internet-paketlari

DO`STLARGA ULASHING:

Mobil operatorlarning iyun oyidagi yangi internet-paketlari

Beeline: Internet paket 75 — 75 000 MB (https://beeline.uz/uz/products/services/fixed-internet/internet-paket-75) 30 kunga. Ulanish narxi 110 000 so‘m/30 kunga.

Ucell: «Oylik internet-to‘plamlar» xizmatida 10 GB (https://ucell.uz/uz/news/2021/05/31/new_monthly_internet_package) lik yangi to‘plam. Ulanish narxi 45 000 so‘m/31 kunga.
Shuningdek 20.05.2021 dan oylik internet-to‘plamlar to‘liq yangilandi (https://ucell.uz/uz/news/2021/05/20/monthly_internet_packages): trafik ko‘paymoqda, narxlar esa oldingidek. Masalan ilgari 5 GB uchun 35000 so‘m to‘langan bo‘lsa, yangilangan to‘plamda shu narxga 7 GB beriladi.

UzMobile: 2021 yil 1-iyundan boshlab foydalanishning ikkinchi oyidan boshlab 10% chegirmaga ega Internet-paketlarga yangilanishlar kiritildi (https://uztelecom.uz/uz/yangiliklar/yangiliklar/uztelecom-sevimli-internet-non-stop-paketlariga-yoqimli-yangilanishlar-kiritmoqda).
Masalan 16 GB hajmdagi va qiymati 60 000 so‘m bo‘lgan paket (Foydalanishning ikkinchi oyidan boshlab — 54 000 so‘m). 2 oydan boshlab Internet-to‘plam narxi 10% ga kamayadi, trafik hajmi esa o‘zgarmaydi.
Shuningdek Internet-trafik hajmini hisoblashning yangi tizimiga o‘tildi (https://uztelecom.uz/uz/yangiliklar/yangiliklar/uztelecomdan-mobil-internet-gigabaytlari-gsm-standartining-mobil-aloqa-abonentlari-uchun-foydali-shartlar-asosida-yanada-ko-proq-online-so-zlashuv). Endi Internet-trafik megabayt emas, balki Gigabaytda hisoblanadi.
Masalan, odatdagi 25 000 so‘mga endi abonentlar 5000 MB emas, balki 5 GB sotib olishlari mumkin (ya’ni ilgarigidan 120MB ko‘proq). 1GB=1024MB, 5GB = 5120MB.

Mobiuz va Humans operatorlari iyun oyida yangi internet paketlar taqdim qilishmagan.

Boshqa mamlakatlar mobil operatorlari haqida.
Kanadada istoqomat qiluvchi yurtdoshimiz Telegram kanalida (https://t.me/zambarakning_oqi/2455) quyidagi ma’lumotga ko‘zim tushib qoldi.
«O‘zbekistonda deyarli barcha xizmatlarga oldindan to‘laysiz (pre-paid). Kanadada esa aksincha: kommunalkaga ham, telefongayam, internet uchun ham aksariyat hollarda xizmatlardan foydalangandan keyin to‘lanadi (post -paid).»

Savol: Mobil operatorlarimiz va aholimiz, xizmatlardan foydalangandan keyin haq to‘lash tizimiga o‘tishga tayyormikan?

Оставьте комментарий