DO`STLARGA ULASHING:
Nisholda – qadimiy shifobaxsh shirinlik!
Iftorlik dasturxonimizning eng qadimiy va totli ne’matlaridan biri – nisholda. Uni tayyorlash jarayoni ham juda o‘ziga xos: avval maxsus idishda shakar va suv qaynab, qiyom holiga keltiriladi. So‘ngra yetmak o‘simligining tozalangan ildizi maydalanib suvda qaynatiladi va olingan suyuqlikga tuxum oqi qo‘shilib, uzoq aralashtiriladi. Natijada oq, yumshoq, nozik ta’mli, yoqimli hidli nisholda tayyor bo‘ladi.
Tibbiyot fanlari doktori Guli Shayxova esa iftorlikda xurmo bilan birga mana shu shirin va tabarruk taom — nisholda bilan og‘iz ochishni tavsiya qiladi. Chunki u tabiiy mahsulotlardan tayyorlanadi, tez hazm bo‘ladi va organizmga zarur energiyani beradi.
