Og’ir vazn toifasidagi eng yosh chempion.

DO`STLARGA ULASHING:

Og’ir vazn toifasidagi eng yosh chempion.

▪️1966 — yil Amerikada tug’ilgan professional bokschi Michael Gerard Tyson ( Mayk Tayson ) o’zining boksdagi afsonaviy janglari bilan hammaga yaxshi tanish. O’zining nimalarga qodirligini ko’rsatgan Tayson professional boksni boshlaganidan biy yil o’tar o’tmas WBC tasnifida og’ir vaznlilar orasida eng yosh chempionga aylanadi, o’shanda u 20 yoshda edi. Tayson har bir uchrashuvni muddatidan oldin — nokaut bilan yakunlagani tufayli „Iron Mike“ (Temir Mayk) taxallusini oladi.

Kunning o’n beshi yorug’, o’n beshi qorong’u bo’lgani kabi Taysonning ham boshidan o’tkazgan yomon kunlari bo’ladi. Qonunni buzganligi uchun 1992 va 1999 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi Taysonning boksdagi faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Temir Mayk 2002-yilda jahon chempionligi uchun boʻlgan uchrashuvda Lennox Lewisga yutqazib qo’yadi.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek