Olim Qoʻchqorbekov (1932–2015)

DO`STLARGA ULASHING:

Olim Qoʻchqorbekov 1932 yilning 12 avgustida Toshkent shahar Beshyogʻoch dahasiga qarashli Qatortol mavzesida dehqon oilasida dunyoga kelgan. Oʻrta maktabdan soʻng 1951–1957 yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universitetida oʻqigan.
U oʻqishni tugatgach, qariyb qirq yil davomida “Mushtum”da faol va izchil mehnat qildi. Oddiy adabiy xodimlikdan boʻlim mudiri, muharrir oʻrinbosari darajasigacha koʻtarildi. U bir vaqtning oʻzida ham bolalar, ham kattalar adabiyotiga xizmat qildi. Birinchi sheʼri 1948 yilda matbuotda eʼlon qilindi. Shundan soʻng bolalar uchun “Chorichambar” (1963), “Sirli xum” (1969), “Qaysar buzoqcha” (1974) kabi kitoblari nashr etildi.
Soʻngra ketma-ket “Kuylarim va oʻylarim” (1960), “Umrim bogʻida” (1970), “Koʻngil mezoni” (1972), “Vaʼzxon va Zagʻizgʻon” (1974), “Nozik koʻngil” (1983) kabi sheʼriy toʻplamlari yuzaga keldi.
Shu davrda “Birinchi sort boʻydoq” (1969), “Salomiga yarasha” (1982) kabi hajviy asarlari chop etildi. Uning “Loʻli bola” nomli ilk qissasi 1978 yil bosmadan chiqdi. 1980 yilga kelib adibning Buxoro amiri Olimxonning soʻnggi maʼshuqasi haqidagi “Soʻnggi kaniz” romani “Sharq yulduzi” jurnalida “Inqiroz” nomi bilan eʼlon qilindi. “Amirlikdan mahbuslikka” degan romani ham oʻquvchilar tomonidan iliq kutib olindi.
Olim Qoʻchqorbekovning bir qator hajviy asarlari oʻz vaqtida mashhur “Nashtar” satirik kinojurnali sahifalaridan oʻrin olgan edi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Olim Qoʻchqorbekov qanday janr va qaysi mavzuga murojaat etmasin, hamisha insonlarni poklikka, halollikka va eng muhimi, komil inson boʻlib yashashga daʼvat etib qalam tebratdi.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

10 комментариев к “Olim Qoʻchqorbekov (1932–2015)”

  1. Уведомление: tech times article

  2. Уведомление: car shipper

  3. Уведомление: psychedelic mushrooms near me

  4. Уведомление: Temporärbüro Zürich

  5. Уведомление: magic mushroom health benefits

  6. Уведомление: benelli guns store

  7. Уведомление: Microdose mushroom chocolate bars

  8. Уведомление: car transport Montreal to Florida

  9. Уведомление: Medicijnen bestellen zonder recept bij Benu apotheek vervanger gevestigd in Utrecht

  10. Уведомление: sleep music

Комментарии закрыты.