OQ BOSh KАRАM YeTIShTIRISh

DO`STLARGA ULASHING:

Аhamiyati.
Oqbosh karam yil davomida yangiligicha va qayta ishlab isteʼmol qilinadi. U parhez hamda davolash xususiyatiga ega. Uni yuragi kasallar, semiz odamlar, kasalga duchor boʼlganlar isteʼmol qiladilar. Sharbati oshqozon yalligʼlanishini davolashda qoʼllanadi.
ОҚ БОШ КАРАМ ЕТИШТИРИШ
ОҚ БОШ КАРАМ ЕТИШТИРИШ
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar va Koʼchat tanlash.
Erta bahor va yozgi muddatlarda ekiladigan oq bosh karam koʼchatlari 30–40 kunlik, barglari toʼq yashil, ildizlari baquvvat rivojlangan va sogʼlom boʼlishi lozim. Dalaga ekish paytida koʼchatlarda 6–7 ta chinbarg boʼlishi kerak.
Yer maydoni oʼtmishdosh ekinlar qoldiqlari va begona oʼtlardan yaxshilab tozalanadi. 1 sotix yerga 200–250 kg (10 sotixga 2–2,5 tonna) chirigan goʼng solinadi. Tuproq 25–30 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanadi, yaxshilab tekislanadi, sugʼorish egatlari olinadi. Ertaki karam uchun yer kuzda ekishga tayyorlab qoʼyiladi.
Ekish muddati va sxemasi.
Karamni 3 xil muddatda ekib, parvarishlash mumkin. Ertaki karam koʼchatini Respublikamizning janubiy viloyatlarida 10–12 fevral, oʼrta muddatlarda 10–12 may, kechki muddatlarda 1–15 avgust; markaziy mintaqada joylashgan hamda vodiy viloyatlarida ertapishar navlarning koʼchatini 25 fevral – 10 mart, oʼrtapishar navlarni 15 aprel – 1 may, kechpishar navlarni 15 iyun – 10 iyul; shimoliy hududlarda ertapishar navlarning koʼchatini 15–30 mart, oʼrtapishar navlarni 1–15 aprel, kechpishar navlarni – 25 may – 5 iyun oylarida ekish maqbul hisoblanadi.
Qator oralari 70 sm, oʼsimliklar orasi 30 sm qilib ekiladi. Bunda 1 sotix maydonga 476 (10 sotixga 4760) tup oʼsimlik joylashadi.
Parvarishlash.
Koʼchat ekib boʼlgandan keyin maydon ketma-ket sugʼoriladi. Koʼchat tutgandan soʼng egatlarning oralari, koʼchatlarning atrofi yumshatiladi va birinchi oʼgʼit beriladi. Ikkinchi chopiq ekin sugʼorilgandan soʼng oʼtkaziladi. Oq bosh karam ikki marta chopiq qilinadi. Karamni oziqlantirish uchun 1 sotix maydonga 2 kg azot, 1,5 kg fosfor va 0,7 kg kaliy solinadi. Boʼz tuproqli yerlarda ertagi karamni 8–10 marta, sizot suvlari yuza joylashgan yerlarda 6–8 marta sugʼorish tavsiya etiladi.
Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish.
Karam biti, karam kuyasi, karam oq kapalagi qurtlariga qarshi biologik usulda oltinkoʼz, xonqizi qoʼngʼizlari qoʼllaniladi. Barg kemiruvchi qurtlarga qarshi trixogrammma tuxumxoʼri va brakon entomofaglari ishlatiladi. Kimyoviy usulda 10 litr suvga Sipermetrin 25% em.k. (16 ml/ga), Dolprid 200 g/l s.e.k. (10 ml/ga) preparatlarining birontasidan foydalaniladi. 10 sotixga 60–70 litr suvda tayyorlangan aralashma ishlatiladi.
Hosilni yigʼishtirish.
Аholi tomorqalarida ekilgan oqbosh karam oddiy uzun pichoq yordamida 2–3 dona bargi bilan qirqib olinadi. Xosil avval saralab, keyin yoppasiga terib olinadi. Ertagi karam saqlashga moyil emas, shuning uchun uni darhol isteʼmolga chiqarish zarur. Vaqtida yigʼilmagan karamlarning boshlari yorilib ketadi.
Iqtisodiy samarasi.
10 sotix maydonga 4760 dona koʼchat uchun 476 ming soʼm sarflanadi. Umumiy xarajatlar 871350 soʼmni tashkil etadi. Xosil narxi eng past narxda bir kilogrami 500 soʼmdan sotilganda 3 mln. 225 ming soʼm boʼladi. Shunda 10 sotix maydondan 2 mln. 354 ming soʼm sof foyda olish mumkin.

15 комментариев к “OQ BOSh KАRАM YeTIShTIRISh”

  1. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  2. Уведомление: Automation Testing tools

  3. Уведомление: 홀덤사이트

  4. Уведомление: สล็อตวอเลท

  5. Уведомление: ดูหนังใหม่

  6. Уведомление: sbo

  7. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์

  8. Уведомление: Cupra Formentor Forum

  9. Уведомление: buy ayahuasca tea online netherlands,

  10. Уведомление: sbobet

  11. Уведомление: buy mushroom chocolate bar

  12. Уведомление: เอสบีโอเบท

  13. Уведомление: maxbet

  14. Уведомление: Investment

  15. Уведомление: Buy Golden Teacher Mushroom Online Perth

Комментарии закрыты.