DO`STLARGA ULASHING:
Oqsilli diyeta
5 kunga mo‘ljallangan. Kutiladigan taxminiy vazn yo‘qotish 5–6 kg
?Nonushta
Qaynatilgan tuxum, ko‘k choy, ozgina pishloq.
?Ikkinchi nonushta
Tyorkadan o‘tkazilgan (maydalangan) olma sabzi bilan, tabga ko‘ra ozgina asal.
?Tushlik
Qaynatilgan tovuq grudinkasi yoki grilda pishgani. Yog‘larni erituvchi salat — oq karam, bodring, selder, piyoz, salat bargi. Hammasini aralashtirib, osh qoshiqda zaytun yoki o‘simlik moyi qo‘shib, iste’mol qilinadi. Tovuqni boshqa yog‘siz go‘shtga yoki baliqqa almashtirish mumkin.
?Kechki tushlik
Greypfrut, yashil olma. Greypfrut o‘rniga apelsin, mandarin yoki kivi yeyish mumkin.
?Kechki ovqat
Tvorog, bir stakan kefir, yashil olma.
Nonushta, tushlik va kechki ovqat porsiyasi taxminan 250 g, ikkinchi nonushta va kechki tushlik 150 g bo‘lishi kerak.
Suv 1,5–2 litr, ovqatdan 20 daqiqa oldin va 40 daqiqadan keyin ichiladi.
Qarshi ko‘rsatma
Oshqozon-ichak tizimi va buyrak kasalliklarida.
P.S. Oqsilli diyeta organizmni tozalaydi, ortiqcha tana vaznidan xalos qiladi!
Taomlanish ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)
