Plants vs zombies tarixi

DO`STLARGA ULASHING:

Plants vs zombies tarixi

Plants vs Zombies o’yini tower defence(ingl. bino himoyasi) janridagi o’yin hisoblanib 2009-yil 5-may sanasida PopCap Game studiosi tomonidan mustaqil o’yin sifatida Windows hamda OS X operatsion tizimlari uchun yaratilgan.

Bundan oldin esa o’yin Insaniquarium o’yinining davomi sifatida Jordj Fen tomonidan yaratilgan edi.

O’yin syujeti juda oddiy bo’lib uyni qabristondan kelayotgan zombilardan o’simliklar yordamida himoya qilish edi. Zombilar paralel chiziq bo’ylab ma’lum tezlikda uy tomon yaqinlashadi. O’simliklar esa o’zlaridagi ma’lum bir xususiyatlarini ishlatgan holda zombilarni to’xtatadi.

O’yindagi asosiy pul birligi bu quyosh nuri hisoblanib ular yordamida ma’lum bir qiymatdagi o’simlikni sotib olinadi.

2011-yil hisobiga ko’ra PopCap Games studiosi 750 ming dollar daromad ko’radi va buning asosiy sababi aynan Plants vs zombies o’yini edi.

Оставьте комментарий