PUBG ortida kim turibdi?

DO`STLARGA ULASHING:

PUBG ortida kim turibdi?

PUBG — bu hozirda dunyodagi eng katta auditoriyaga ega bo’lgan mobil o’yinlardan biri hisoblanadi. Daromadi esa juda yuqori darajada oshib bormoqda.

Xo’sh bu o’yin ortida kim turibdi?

Brendon Grin — PUBG o’yini ortidagi asli Irlandiyalik 44 yoshli qahramon. U o’yinni yaratishdan avval Braziliyada fotograf va veb-ishlab chiquvchi sifatida ishlagan. O’sha paytlari uning daromadi oyiga bor yo’g’i $1000-$1500 atrofida bo’lgan.

Shunday ishlab yurgan paytlari «Battle Royale» o’yinidan ilhomlanib, yangi simulyator haqida o’ylab qolgan va shu tariqa o’yin sohasiga kirib kelgan. Qahramon simulyatorni yaratish davomida kodlashni o’rganadi va PUBG ning birinchi versiyasini yaratadi. Hozirda juda katta mashhurlikga erishgan bu o’yin va uning qahramoni katta pul aylanmasiga egadir.

Shunday qilib ilgarilari $1000-$1500 atrofida oylik maoshga ishlagan oddiy Brendon Grin hozirgi vaqtda $200 mln dan ortiq boylikga ega.

Оставьте комментарий