«Qimiz, ayron, qimron»

DO`STLARGA ULASHING:

«Qimiz, ayron, qimron»

Qimiz — biya sutidan tayyorlanadigan shifobaxsh ichimlik. Har 3 soatda bir marta sogʻiladigan biya sutini sut kislota bakteriyalari va achitqilari bilan maxsus meshlarda aralashtirib tayyorlanadi.

Ayron — qatiqning kuv(guppi)da moyi ajratib olingandan soʻng qolgan suyuq qismi. Oʻzbekistonning ayrim joylarida chalob ham deb ataladi. Qatiq yoki suzmadan suv, ziravorlar, oshkoʻklar, muz qoʻshib tayyorlanadigan chanqovbosar ichimlik.

Qimron — tuya sutidan tayyorlanadigan shifobaxsh ichimlik. Tuya boqiladigan mintaqalarda, qozoqlar, turkmanlar, qoraqalpoqlarda choʻl sharoitida chanqovbosar ichimlik sifatida koʻp tayyorlanadi. Qimizga nisbatan quyuqroq (yogʻ miqdori koʻp). Shifobaxsh, ayniqsa, qand kasalligini davolashda qadimdan qoʻllanib kelingan.

Оставьте комментарий