Rixard Vagner

DO`STLARGA ULASHING:

Rixard Vagner

Rixard Vagner XIX asrda yashab ijod qilgan buyuk nemis kompozitoridir. U faqat buyuk kompozitorgina emas, o’z operalarining matnini yozgan shoir va dramaturg ham edi. Vagner Berlioz bilan bir qatorda o’z davrining yirik dirijyori, yangi dirijyorlik san’atiing asoschlaridan biri hisoblanadi. U opera san’ati tarixida kompozitor Glyuk kabi «opera islohatchisi» degan nom qoldirdi.

Vanger ijodida birinchi marta tetralogiya yaratgan. «Nibelung uzugi» deb nomlangan bir mazmundagi to’rtta operani kompozitor 25 yil davomida yozgan. «Reyn oltini», «Valkiriya», «Zigfrid», «Xudolar o’limi» nomli operalar shu tetrologiya tarkibiga kiradi.

Tetralogiyadan tashqari Vagner «Tangeyzer», «Loengrin», «Tristan va Izolda» nomli ajoyib operalar yaratdi. Ular xalq afsonalari asosida yaratilgan bo’lib, ularda fojia bilan tugaydigan muhabbat haqida hikoya qilinadi.

Оставьте комментарий