«зубчатый ремень» qaysi paytlarda uzilib ketadi ?

DO`STLARGA ULASHING:

«зубчатый ремень» qaysi paytlarda uzilib ketadi ?

Mashina dvigatelining «распределительный вал» bilan «коленчатый вал»ni bir biri bilan sinxron ishlashini ta’minlab turadigan bu qism juda muhim elementdir. Uning uzilishi mashina dvigatelining o’chib qolishiga olib keladi. Chunki havo va chiqib ketish gazlari klapanlarini ochilib yopilishini boshqarib turadigan «распределительный вал» aylanmay qoladi va shuni hisobiga yonuv kamerasiga hech qanday aralashma kelmaydi. Undan tashqari remen antifriz nasosi, moy nasoslarini harakatini ham boshqarib turadi. Remenning uzilib ketishining ba’zi bir dvigatellarga ta’siri boshqacha bo’lishi mumkin. Nisbatan eski tipdagi mashinalarda «non-interference engine» tipidagi dvigatellar qo’llanilgan va bunday dvigatellar rement uzilib ketsa ham inersiya tufayli oz muddat bo’lsada ishlab turadi, sababi bunday dvigatellarning klapanlari silindr porsheni bilan to’g’ridan-to’ri kontakt hosil qilmaydi. Buni hali ko’rib chiqamiz.

Endi esa rement nega uzilib ketish sabablariga to’xtalsak.
-Muddati o’tgan ya’ni eski remen allaqachon o’z xususiyatlarini yo’qotgan bo’ladi va qayishqoqligini yo’qotib qattiqlashib qoladi, bu o’z navbatida qattiq kuchlanishlarda uning yorilishiga sabab bo’ladi.
— Moy , haddan tashqari issiq yoki sovuq sharoitlarda , har xil iflos vositalar tufayli remenda ishlatiladigan kauchuk degradatsiyaga sabab bo’ladi
— Zavod tomonidan o’rnatib beriladigan remenlar 100.000 km oralig’ida yoki ko’p yo kam masofalarda ishdan chiqishi mumkin. Uning umri ham o’z navbatiga haydash xarakteriga bog’liq. Lekin boshqa ustalar tomonidan o’rnatilib beriladigan remenlar yurish oralig’i zavod tomonidan qo’yib beriladigan remenlarga nisbatan kam bo’ladi

@Avtomexanik_07

Оставьте комментарий