Ronalduni Al-Nassr’ga olib kelish arablarga qanchaga tushdi ?

DO`STLARGA ULASHING:

⚡️ Ronalduni Al-Nassr’ga olib kelish arablarga qanchaga tushdi ?

Xabaringiz bor futbol yulduzi Cristiano arablar bilan yiliga 200 mln euro maoshli shartnoma imzoladi. Transfer yakunlangandan so’ng Ronalduga yaqin ishonchli manbalar tomonidan tafsilotlar ham chiqa boshladi. Ma’lum bo’lishicha Ronalduga Ar-Riyod shahrida saroy sovg’a qilindi. Hozirda uning ixtiyorida 5 ta avtomobil, to’liq xavfsizlikni ta’minlovchi kompaniya, xususiy do’kon, supermarket, suzish havzasi, 2 ta mini futbol va basketbol maydoni, 2 ta gimnastika zali va 3 ta restoran mavjud.

Shuningdek, Saudiya qonunlariga muvofiq to’yi bo’lib o’tmagan erkak va ayol birga yashashi mumkin emas. Biroq, Ronaldu va uning suyuklisi Jorjinaga bu muammo tug’dirmaydi. Saudiyalik huquqshunoslarning Ispaniya matbuotiga bergan xabariga ko’ra, hukumat yulduzli juftlikning turmush qurmaganligiga shunchaki ko’z yumadi.

Оставьте комментарий