Suksinasol osma — energiya va suv

DO`STLARGA ULASHING:

?Suksinasol osma — energiya va suv — tuz almashinuvini normallashtiruvchi infuzion eritma hisoblanadi.
?100 , 200 , 250 , 400 va 500 ml flakon butilkalarda chiqadi.

#Suksinasol osma
#Сукцинасол осма

?Dori shakli : ?

infuziya uchun eritma ( osma )

?Tarkibi ?

Qahrabo kislota, natriy xlor , kaliy xlor, kalsiy xlor , magniy xlor , natriy gidrokarbonat va suv

?Ta’siriga ko’ra ?

Energiya va suv — tuz almashinuvini faollashtiradi

?QO’LLANILISHI ?

— Organizmda energiya va suv tuz almashinuvi jarayonini faollashtiradi
— Qon yo’qotish holatlarida qo’llaniladi
— Shok holatlarida va jismoniy zo’riqishlarda qo’llaniladi
— Opertsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi qon ketishlarda qo»llanadi
— Travmatik va me’da ichakdan qon ketishda qo’llanadi
— Organizm 1 litrgacha qon yo’qotsa ushbu eritma qon o’rnini bosuvchi vosita sifatida qo’llanadi
— Operatsiyadan keyingi davrda atsidozni bartaraf qilish uchun . ( atsidoz holati bu organizmda kislotalik muhit oshishi hisoblanadi, bu yaxshimas )
— Temir tanqisligi anemiyasida buyuriladi

?QO’LLASH USULI ?

Preparat sutkasiga 1 flakon ( 200 ml ) vena ichiga tomchilab sekin yuboriladi.

Preparat 400 ml flakonda ham chiqadi. Shifokor maslahati bilan qo’llang.

?NOJO’YA TA’SIRI ?

Alkoloz rivojlanishi mumkin.

❌QO’LLASH MUMKINMAS ?

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas
— 18 yoshdan kichiklarga mumkin emas
— O’pka shishida va yurak og’ir kasalliklarida mumkin emas

?ADMIN MASLAHATI ?

Preparatni qandli diabet kasalligi bor bemorlar qo’llashi mumkin.

?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Uzbekistan

Оставьте комментарий