SUV-HAYOT

DO`STLARGA ULASHING:

SUV-HAYOT
????????
Tomchi suvda bordir hayot,
Buni doim bilgin bolam.
Teja suvning tomchisini,
Bunga amal qilgin bolam.
????????
Gar bo’lmasa obi hayot,
Tiriklik yo’q, yo’qdir-a jon.
Suv yo’q ekan, yo’qdir hayot,
Yashamoqqa yo’qdir imkon.
????????
Maysalarga zarurdir suv,
Hatto mitti qushga kerak.
Suv bor ekan insonlarda
Duk-duk urib turar yurak.
????????
Shunday ekan, suvni asrang,
Suvda bordir ko’p mo’jiza.
Suvni hech ham qilmang iflos,
Yodda tuting, saqlang toza.
????????
RO’ZIMUROD BOLQIYEV
Mirzacho’l tumani

Оставьте комментарий