TEMUR BOBOM

DO`STLARGA ULASHING:

TEMUR BOBOM
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
«Temurbeklar maktabi»da
Bilim olib kelaman.
O’zimni Temur bobom
Avlodi deb bilaman.
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
Pahlаvon, jasur o’g’lon
Bo’lmoq albat shiorim.
Adolatli bo’laman
Gullasin deb diyorim.
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
Chiniqyapman mashq qilib,
Qo’shilmoqda kuchga-kuch.
Vatanni sevib asrash,
Men uchun ham buyuk burch.
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
Yarashadi libosim,
Tengdoshlarim havasda.
Harbiy qo’shiq kuylayman,
Baralla sho’x ovozda.
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
Ota-onam ishonchin
Kirishdim oqlash uchun.
Bobom izidan borib
Ko’rsatay albat kuchim.
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
Buyuk Temur bobomning
Har bir so’zi bir hikmat.
«Kuch adolatda» degan
Shiordir bugun albat.
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
Temur bobom ruhini
Men mudom yod etaman.
Aytgan har bir hikmatin,
Zo’r uchqur ot etaman.
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
RO’ZIMUROD BOLQIYEV
Mirzacho‘l tumani

Оставьте комментарий