Trombopol foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Trombopol foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

?Trombopol — qon suyultiruvchi va qon aylanishini yaxshilovchi samarali vosita.
? 75 mg va 150 mg li dozalarda chiqadi.

# Тромбопол
#trombopol

?Tarkibi:

1 ta tabletka saqlaydi: Atsetilsalitsil kislota 75 mg yoki 150 mg

? Ta’sir qilishiga ko’ra:

Antikoagulyant, qon suyultiruvchi vosita

?Qo’llanilishi

— Yurak ishemik kasalliklarida
— Miokard infarkti profilaktikasida
— nostabil stenokardiya
— Aorta koronar shunt holatidan keyingi holatda
— Ishemik insultda
— Koronar tomirlar trombozida profilaktikada
— Vena trombozida va o’pka emboliyasida profilaktika maqsadida

?Qo’llash usuli va dozasi

Sutkasiga 1 ta tabletkadan har kuni uxlashdan oldin.

? Nojo’ya ta’siri

— Burundan qon ketishi
— shish
— Bosh aylanishi
— Quloq shang’illashi
— Ko’ngil aynish,qusish
— Jigildon qaynashi

?Qo’llashga qarshi ko’rsatma

— Preparatga va uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik bo’lganda
— Gemoragik diatezda
— Me’da va 12 barmoq ichakning yara kasalligida
— Og’ir buyrak va jigar yetishmovchiligida
— Og’ir yurak yetishmovchiligida
— Homiladorlikning birinchi 3 oyligida mumkin emas.
— Podagrada
— Glukoza 6 — fosfat degidrogenaza yetishmovchiligida
— 16 yoshgacha bo»lgan bolalarda
— Qoni suyuq bo’lgan insonlar preparatni qabul qilishi mumkin emas.

?Eslatma: Homiladorlik paytida shifokor maslahati bilan preparatni qabul qiling.

Оставьте комментарий