Uboda ibn Somit

DO`STLARGA ULASHING:

Ashobi kiromdan. Ansorlarning kattalaridan. Madinada milodiy 583 yili tug’ilib Falastinda hijratning 34 yili vafot etganlar.

Uboda r.anhu vahy tushgandan 11 yil keyin Makka kelib musulmon bo’ldilar. Birinchi Aqoba bay’atida bo’lgan 12 kishidan biridir. Rosulalloh s.a.v ning Madinaga hijratlaridan keyin muhojirlardan bo’lgan Abu Marsad r.anhu bilan qarindosh tutindilar. Rosulalloh s.a.v ning sut holalari bo’lmish Ummi Xirom r.anhu bilan uylandilar. Nikohlarini Rosul Akram s.a.v o’qidilar.

Deyarli barcha janglarda ishtirok etganlar. Rosul Akram s.a.v zamonlarida Qur’oni Karimni to’liq yod olganlardan biri edilar. Asri saodatda Ashobi Suffaga domlalik qilganlar. Ularning ko’plariga yozishni o’qishni Qur’oni Karimdan va dini bilimlardan dars berganlar.

Uboda r.anhu hadis ilmida juda diqqatli ish qilardilar. Rosulalloh s.a.v dan rivoyat qilgan barcha hadislarini deyarli Rosulloh s.avdan eshitdim, Rosulloh s.a.v dan eshitganimga guvohlik beraman deb boshlaganlar. Rosul Akram s.a.v dan ba’zi ma’lumotlarga qaraganda 180 atrofida hadis rivoyat qilganlar. Sahobai kiromning faqehlaridan edilar.

Hijratning 34 yili Ramlada kasallanib vafot etdilar.

Uboda ibni Somit r.anhu shunday dedi: Jahannamning 7 ta eshigi bor 3 tasi boylar uchun, 3 tasi hotinlar uchun va 1 tasi kambag’allar uchun”

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek