Viktor Tomilov. Kosa tagida nimkosa Оставьте комментарий / Aforizmlar / От admin DO`STLARGA ULASHING: Kim bitta toshga ikki marta qoqilsa, uchinchi marta ham qoqiladi. * * * Batartib turmush uchun kurashib, o‘z uyida shikoyat daftari yuritishni yo‘lga qo‘ydi. * * * Agar dunyoni ag‘dar-to‘ntar qilmoqchi bo‘lsang, buning yo‘li oson: oyog‘ingni osmonga qilib, boshing bilan tursang bas. * * * O‘rmondagi e’lon: tsirkda ishlash uchun olim ayiq kerak. * * * Ko‘k rang tinchlantiradi: masalan, ko‘z ostidagi ko‘kariq… * * * Tushlar nafaqat umrni, balki ish vaqtini ham qisqartiradi. * * * Erning tortish kuchi hamma joyda bir tekisda emas: mansab orom kursilarida u sezilarli darajada kuchliroq. * * * Agar o‘zingizda kitobni ochishga yetgulik kuch topolmayotgan bo‘lsangiz, bemalol og‘ir atletika bilan shug‘ullansangiz bo‘ladi. * * * Bo‘ydoqlikning barcha huzur-halovatini his qilish uchun… uylanish kerak. * * * San’at qurbonlar talab qiladi, ammo qurbonlar hammavaqt ham spektaklga kelavermaydi. * * * Farishtadek yashash uchun shaytondek ishlash kerak. * * * O‘qishni boshlash hech qachon kech emas, hatto oliy o‘quv yurtini bitirgandan keyin ham. * * * E’lon: hammualliflar guruhiga muallif kerak * * * Ichishni tashlash o‘zi ozlik qiladi, sog‘lom fikrlashni ham o‘rganish lozim. * * * Kitob javoniga “dafn qilingan” kitobni dunyo yuzini ko‘rdi deb hisoblash mumkinmi? * * * Xotini uni katta odam deb hisoblaydi, chunki xotini olib bergan kiyimlari hamisha kattaroq keladi. * * * Pulni narigi dunyoga olib ketib bo‘lmaydi, ammo pul bilan orttirilgan shuhratni olib ketish mumkin. * * * Stolning fikri: oyoqlar va keng yelka bo‘lsa bo‘ldi, bosh hammavaqt topiladi. * * * — Eh! Mening hayotimga hech kim aralashmagandami! Nimalarga qodir ekanligimni ko‘rsatib qo‘yardim! — dedi xamir. * * * Yaxshi eshitish qobiliyati nafaqat musiqachilarga, balki jamoatchilikning fikrini bilishi lozim bo‘lgan odamlarga ham kerak. * * * Shuhratparast edi… jismoniy mashqlardan faqat yuqoriga tortilishnigina bajarardi… * * * Nog‘oraning asosiy afzalligi — ichi bo‘shligidir. * * * Ishlayotganlarga kamroq xalal berish — ishlab chiqarishni o‘stirishning katta zaxirasidir. * * * Bir ko‘z qisish bilan bitadigan ishlar bor, ammo kimga ko‘z qisishni bilish kerak-da… * * * Qo‘llar va oyoqlar tezroq boyib ketishni istab qolishganda, boshni qimmatroq bahoda sotishga harakat qilishadi. * * * Oltindan yasalgan baliq Oltin baliq bo‘lolmaydi. * * * O‘zing o‘tirgan shoxni kesishning nima keragi bor? Pishaver — o‘zlari qoqib tushirishadi. * * * Butun hayotida qiyshiq oynaga qarab kelgan odam to‘g‘ri oynadan o‘zini taniy oladimi? * * * Odam hamma narsaga qodir! Faqat odam bo‘lish qiyin. * * * Miqdor sifatga aylanadi, ammo yuqoridan berilgan ko‘rsatma bo‘yicha… * * * Qanday boy til!… U bilan har qanday miqdordagi pulni ifodalash mumkin. * * * Agar qo‘llar qisqa bo‘lsa, unda muvaffaqiyat oyoqlarning uzunligiga bog‘liq bo‘ladi. * * * Keng xalq iste’moli mollari fabrikasi parodiya janrida faoliyat ko‘rsatardi… * * * Uchar likopchani cho‘chitib yubormaslik uchun unga qoshiq ko‘tarib yugurib bormaslik kerak… * * * Qora kunga deb o‘g‘irlangan narsa o‘sha kunni yaqinlashtiradi. * * * Moddaning og‘irligi o‘lchanayogan joyga emas, kim o‘lchayotganiga bog‘liq. * * * Ayrim odamlar qayerga yiqilishi mumkinligini bilishadi va oromkursi hozirlab qo‘yadi. * * * Eshakning faxrlanish uchun asosi bor — uni tez-tez odam bilan tenglashtirib turishadi. * * * Ko‘z, qosh, burun ham milliy o‘ziga xosliklarga… og‘iz esa baynalmilal xarakterga ega. * * * Bo‘ri ham qo‘ylarni yaxshi ko‘radi, ammo o‘ziga xos tarzda… * * * Yozganlari shunchalar xom ediki, g‘ijimlab o‘choqqa solganda ham yonmadi. * * * Odamlarni bir-biridan masofa emas, fikrlar uzoqlashtiradi. Ruschadan Habib Siddiq tarjimasi. “Jahon adabiyoti” jurnali, 2005 yil, 12-son ziyouz.uz Oxshash xabarlar:Viktor Hyugo hikmatlaridanYog‘och kosa va qoshiqlarda taom yeyish.