Xonqa sanatoriyasi

DO`STLARGA ULASHING:

Xonqa sanatoriyasi zamonaviy arxitektura yutuqlari asosida bunyod qilingan, Amudaryo qirg‘og‘iga yaqin joylashgan balneologik kurort. Uch qavatdan iborat bo‘lgan yotoq, davolash va oshxona majmuasi bir-biriga tutashgan bo‘lib, davolanuvchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Yurak qon-tomir, asab tizimi, ginekologik, tayanch-harakat a’zolari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar uchun shifobaxsh tabiiy omillar mavjud. Yod, brom va boshqa ko‘pgina minerallarga boy madanli suvlar ichish va vannalar berish uchun qo‘llaniladi. Alohida loyiha bo‘yicha bunyod qilingan qishki bog‘da turli xil subtropik gullar va daraxtlar atrofga anvoyi xidlar taratib, tovlanib turipti. Bunday xolat dam oluvchilarni o‘ziga maftun etadi va kayfiyatni ko‘taradi. Sizning xizmatingizda katta va yorug‘ oshxona, kutubxona, sport maydonchasi, pochta xizmat mavjud. Qadimiy Xiva shahriga sayohatlar uyushtiriladi.

Sanatoriyda bemorlar:
— Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar;
— fizioterapiya;
— davolash badantarbiyasi va uqalash;
— lazeroterapiya;
— ignarefleksoterapiya;
— parhez ovqatlanish usullari bilan davolanadilar.

Manzili: Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Kirkyop qishlog‘i
Telefon: +998623994477
Faks:+998623991586
E-mail: sihatgoh_xonka@mail.ru

Оставьте комментарий