Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha DTM axboroti

DO`STLARGA ULASHING:

👨🏻‍💻 Ma’lumki, 15-iyuldan transfer.dtm.uz sayti orqali xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

📌 Hozirda onlayn ariza topshirgan talabalarning ma’lumotlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshirilmoqda va ularga 3 xil status berilmoqda:

ℹ️ Onlayn ariza berilganda – “Yangi”.

✅ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza belgilangan talablarga to‘g‘ri kelsa – “Qabul qilindi”.

❌ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza belgilangan talablarga to‘g‘ri kelmasa – “Rad qilindi”.

🖥 Ariza rad etilgan taqdirda, buning sababi ham ko‘rsatiladi va talabalar qayta onlayn ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi.

☎️ Agar arizaning rad etilganlik holati bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa bevosita Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishingiz mumkin.

Bu haqda DTM ma’lumot berdi.