DO`STLARGA ULASHING:
Bugun 9-yanvar — Yassi tinchlik shartnomasi imzolangan kun
Yassi tinchlik shartnomasi 1792-yil 9-yanvarda Rossiya va Usmonlilar imperiyasi oʻrtasida tuzilgan va 1787-1791-yillardagi rus-turk urushiga chek qoʻygan tinchlik shartnomasidir.
Muzokaralar Moldaviya knyazligining Yassi shahrida bo‘lib o‘tdi. Rossiya imperiyasi tomonidan knyaz G.A. Potyomkin va uning o’limidan keyin — knyaz A.A. Bezborodko, Turkiya tomonidan Buyuk vazir Yusuf Posho ishtirok etishdi.
Shartnomani Rossiya nomidan Samoilov, de Ribas va S.L. Lashkarev va Turkiya nomidan Tashqi ishlar vaziri Abdulloh afandi, Ibrohim Ismet Bey va Mehmed afandilar imzolashdi.
Shartnomaga ko‘ra butun Shimoliy Qora dengiz mintaqasi, shu jumladan Qrim Rossiyaga o‘tdi va Rossiyaning Kavkaz va Bolqondagi siyosiy pozitsiyalari mustahkamlandi.
Janubiy Bug va Dnestr o’rtasidagi yerlar Rossiyaga o’tkazildi, ular bo’ylab yangi chegara o’rnatildi. Kavkazda Kuban daryosi bo’ylab chegara tiklandi.