11-yanvar — Makka fath etilgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

11-yanvar — Makka fath etilgan kun

630-yil 11-yanvarda payg‘ambar Muhammad s.a.v. boshchiligidagi musulmonlar tomonidan Makka shahri fath etildi (arabcha — فتح مكة).

Makkaga qarshi yurishning sababi Makka Qurayshiylarining Hudaybiya tinchlik shartnomasini buzishi edi.

Musulmonlar Makkaga kirguncha hech qanday qarshilikka duch kelmadilar, faqat Xolid ibn Validgina Safvon ibn Umayya, Suhayl ibn Amr va Ikrima ibn Abu Jahl kabi bir guruh qurayshiylarga duch keldi.

Jang natijasida 12 ta qurayshiy halok boʻldi, musulmonlardan Karz ibn Jobir va Xubaysh ibn Xolid halok boʻldi.

Fathdan so’ng rasululloh s.a.v. Ka’ba yaqinidagi barcha butlarni yo’q qildi, Ka‘bani o‘z tuyasida aylandi va ikki ra‘akat namoz o‘qidi.

Ul zot Makka aholisidan qasamyod qabul qildi va o’n besh kundan keyin Hunaynga qarshi yurish qildi.

Uttaba ibn Usayd va Mu‘oz ibn Jabal Makka hokimi bo‘ldilar.

Оставьте комментарий