Yong‘oq – jinsiy quvvatni oshiradi

DO`STLARGA ULASHING:

Abu Ali ibn Sino yong‘oq haqida shunday degan: “Yaprog‘i va qobig‘i burishtiruvchi bo‘lib, qon oqishiga qarshi foydasi bor. Yog‘i el yaraga, saramasga va  ko‘z atrofidagi yaralarga malham bo‘ladi. Yong‘oqning murabbosi mijozi sovuq me’da uchun (buyrakka ham) foydali, gijjalarni haydaydi”. Ulug‘ tabib barg shirasini iliq holda quloq ichi yiringlaganda tomizgan. Po‘stidan tayyorlangan qaynatmani bachadondan qon ketishini to‘xtatishda qo‘llagan.Yong‘oq mag‘zi tarkibida yog‘, oqsil, temir va kobalьt, vitaminlardan S, A, R, E singarilar mavjud.
Mevaning mag‘zi erkaklarda jinsiy  quvvatni oshiradi, buning uchun kuniga 10-12 dona yong‘oq eb turish kerak. Ayniqsa, mag‘zini maydalab asal bilan aralashtirib kuniga 3-4 osh qoshiqdan eb turilsa, tanaga quvvat beradi. Shuningdek, prostata bezi yallig‘lanishi, adenoma, oshqozon-ichak, jigar va buyrak kasalliklarining oldini olishda ham yong‘oq eyish tavsiya qilinadi. Ateroskleroz, yurak-qon tomir dardlari, semizlik, anemiyaga duchor bo‘lishni istamaganlar uchun yong‘oq bebaho ko‘makchidir. Mag‘zidagi fosfor va kalьtsiy homilador ayollarga va bolalarga raxitning oldini olishda foydalidir. Unda magniy ham mavjud, tomirlarni kengaytirish va siydik haydash xususiyatiga ega. Kislota ko‘pligi bilan kechadigan gastritda kuniga 7-10 dona yong‘oq chaqib eyish kerak. O‘t yo‘llari kasalliklarida esa kuniga 3-4 mahal 25 gramm mag‘iz eyish tavsiya etiladi. Yangi bargini siqib, suvini terining zamburug‘li kasalliklarida ishlatish mumkin.
Muhammad Husayn ibn Muhammad al-Oqiliy “Davolar xazinasi” asarida yong‘oqning badanni yumshatishi, qattiq moddalarni so‘rib olishi, me’da ishini yaxshilashi, miya, yurak va jigarni mustahkamlashini aytgan. Xalq tabobatida yong‘oq bargi shirasini temiratkida, ekzema, har xil turdagi teri sili, yuqumli, yiringli kasalliklarida davo sifatida ishlatilgan. Barg damlamasi tepki, teri kasalligida, raxitda, ich ketganda naf beradi. Ichak disbakteriozida 10 gramm quritilgan yong‘oq bargi 1 litr qaynagan suvda 15 daqiqa damlanadi. Suzib, kuniga 3 stakan ichiladi. Gijjalarni tushirish uchun 1 oshqoshiq quritilgan yong‘oq bargini bir stakan suvga solib, o‘rab qo‘ying, 2 soat o‘tgach suziladi va kuniga 3-4 mahal 1 choy qoshiqdan ichiladi. Agar qo‘l tez-tez terlasa yong‘oq bargi qaynatilgan suvda yuvish lozim. Milk yallig‘langanda esa bargdan tayyorlangan damlamada og‘izni chayish lozim.Yong‘oq bargidan fitonitsid va ambar moylari hidi anqib turishi tufayli issiq yoz kunlarida tagida uxlash mumkin emas.
Manba: tib.islom.uz

Оставьте комментарий