Yoshlar ittifoqi va yo’nalish sardorlari vazifalari

DO`STLARGA ULASHING:

“Eng namunali Sardorlar kengashi” tanlovi savollari.
  1. “Kamalak” bolalar tashkiloti qachon ashkil topgan? 2001 yil 23 may
  2. O’zbekiston Yoshlar ittifoqi qachon tashkil topgan? 2017 yil 30 iyunь
  3. O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi kim?
 Qurnboev Qahraon Qo’chqorovich
  1. Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi kim?
Zufarov Murodjon Mirjalolovich
  1. O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog’iston respublikasi kengashi raisi kim?
  2. Qoraqalpog’iston respublikasi “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi kim?
  3. O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman kenashi raisi kim?
  4. Amudaryo tuman “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi kim?
  5. Maktabimiz yetakchisining ism familiyasi.
  6. Maktab yoshlar ittifoqi sardori kim?
  7. Maktab “Kamalak” sardori kim?
  8. O’zbekiston Yoshlar ittifoqiga necha yoshdan a’zo bo’lish mumkin?
14 yoshdan 30 yoshgacha
  1. “Kamalak” bolalar tashkilotiga necha yoshdan a’zo bo’lish mumkin?
7 yoshdan 14 yoshgacha
  1. O’zbekiston Yoshlar ittifoqining nechta yo’nalishi bor? 8 ta
  2. “Kamalak” bolalar tashkilotining nechta yo’nalishi bor? 8ta
  3. O’zbekiston Yoshlar ittifoqining maqsadi?
Ta’lim muassasasida yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko’maklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashga ko’maklashishdan iborat.
  1. “Kamalak” bolalar tashkilotining maqsadi?
Bolalarni milliy g’oya asosida Vatanning sodiq farzandlari va komil inson etib tarbiyalash, ularning huquq-manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish, iste’dod va qobiliyatlarini namoyon qilishlari hamda rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishdan iboratdir.
  1. O’zbekiston Yoshlar ittifoqining bosh shiori?
Yoshlar kelajak bunyodkori.
  1. O’zbekiston Yoshlar ittifoqi shiori?
Yoshlar ittifoqi sizning orzu istaklaringiz kalitidir.
  1. “Kamalak” bolalar tashkilotining shiori?
“Vatan, do’stlik va baxtli bolalik uchun!”
  1. O’zbekiston Yoshlar ittifoqi o’z oldiga qanday vazifalar qo’ygan?
— yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy istiqlol g’oyasi, milliy qadriyatlar, diniy bag’rikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlarni chuqur singdirish;
 yoshlarga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish, ularga mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish;
 ta’lim muassasasi yoshlarining muammolari, ta’lim sifati, bolalarning fanlarni o’zlashtirishi, davomati, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini o’rganib borish, yoshlar murojaatlarini ko’rib chiqish va hal etishda yordam berish;
       — yoshlarning chuqur bilim olishi, chet tillarini o’rganishi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashi hamda ularni kasb-hunarga yo’naltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
 iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko’maklashadigan klub va to’garaklar faoliyatini tashkil etish;
 imkoniyati cheklangan yoshlar hamda maxsus ehtiyojli bolalarga inklyuziv ta’lim olish uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan ishlarni qo’llab-quvvatlash;
 notinch oila farzandlari, tarbiyasi og’ir va nosog’lom muhitga tushib qolgan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi hamda darslarni muntazam qoldirib kelayotgan o’quvchilarni ta’lim jarayoniga qaytarishga qaratilgan tizimli ishlar olib borish;
 yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan huquqiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
 yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng yoyish, ularning kitobga bo’lgan muhabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;
 yoshlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan zararli illatlar, axborot xurujlari, diniy aqidaparastlik, missionerlik va ekstremistik g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
 o’quvchilar o’rtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularning o’zlari istiqomat qilayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashriflarini uyushtirish;
 yoshlar, ayniqsa, qiz bolalar o’rtasida sportni keng targ’ib etish, ularning sportga bo’lgan qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash va turli sport musobaqalarida ishtirok etishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish;
 yoshlarga tibbiy madaniyat, xususan, shaxsiy gigiena, ratsional ovqatlanishga rioya etish va kasalliklardan himoyalanish yo’llarini keng tushuntirishga qaratilgan targ’ibot tadbirlarini tashkil etish;
 yoshlar o’rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targ’ib qilish orqali ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik tashabbuslarini qo’llab- quvvatlash.
  1. “Kamalak” bolalar tashkilotining vazifalari?
Birinchidan, bolalarning har tomonlama huquqiy manfaatlarini himoya qilish;
ikkinchidan, bolalarni milliy g’oya, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, bolalarda ona Vatanni sevish, ardoqlash, o’z Vatani bilan g’ururlanish va Vatan taraqqiyoti uchun o’z hissasini qo’shish tuyg’ularini kuchaytirish;
uchinchidan, bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatni muhofaza qilish va asrab-avaylash ko’nikmalarini shakllantirish;
to’rtinchidan, bolalarda insonparvarlik va mehribonlik fazilatlarini tarbiyalash;
beshinchidan, bolalarning iqtidori va iste’dodini qo’llab-quvvatlash hamda rivojlantirish;
oltinchidan, bolalar o’rtasida sport bilan shug’ullanish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etish, ertalabki badantarbiya mashg’ulotlarini bajarish kabi qadriyatlarni targ’ib qilish;
ettinchidan, bolalarni ajdodlarimiz va xalqimiz merosi bilan yaqindan tanishtirish, ular o’rtasida turizmni rivojlantirishdan iboratdir.
  1. O’zbekiston Yoshlar ittifoqi qanday tashkilot?
O`zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilot
  1. “Kamalak” bolalar tashkiloti qanday tashkilot?
Etti yoshdan o’n to’rt yoshgacha bo’lgan bolalarni ixtiyoriylik, oshkoralik, huquq va majburiyatlar tengligi tamoyili asosida birlashtiradigan O’zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi tashkilotdir.
  1. O’zbekiston Yoshlar ittifoqining umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi boshlang’ich tashkiloti necha kishidan iborat bo’ladi? 19 nafar
  2. O’zbekiston Yoshlar ittifoqining umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi boshlang’ich tashkilotiga kim rahbarlik qiladi? Yoshlar yetakchisi.
  3. BT sardorlar kengashi a’zolari necha kishidan iborat? 18 ta
  4. O’zbekiston Yoshlar ittifoqining umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi boshlang’ich tashkiloti necha qismga bo’linadi? 2 qismga: Yoshlar ittifoqi va “Kamalak”.
  5. BT tarkibidagi yoshlar ittifoqi kengashi a’zolarini sanab bering. Yoshlar ittifoqi sardori, ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy ishlar yo’nalishi sardori, siyosiy-huquqiy savodxonlik yo’nalishi sardori, iste’dodli yoshlar yo’nalishi sardori, tashabbus va loyihalar yo’nalishi sardori, sport va harbiy vatanparvarlik yo’nalishi sardori, salomatlik va ekologiya yo’nalishi sardori, ijtimoiy himoya yo’nalishi sardori, press klub sardori .
  6. BT tarkibidagi yoshlar ittifoqi kengashi a’zolarini sanab bering. “Kamalak” sardori, yuristkonsulьt, o’quv bo’limi sardori, matbuot bo’limi sardori, tashkiliy bo’lim sardori, mehnat bo’limi sardori, “Etakchi” klubi sardori, Ekosan” klubi sardori, “Mehr-shafqat” klubi sardori.
  7. Yoshlar ittifoqi sardorining vazifalari nimadan iborat?
8 – 11-sinflarda boshlang’ich tashkilot faoliyatining samarali tashkil etilishini muvofiqlashtiradi, 8 – 11-sinflar sardorlar kengashlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, tizimdagi barcha sardorlar faoliyatiga uslubiy ko’mak ko’rsatadi, taklif-tashabbuslarini yoshlar yetakchisiga olib chiqish kabi vazifalarni bajaradi.
  1. Ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy ishlar yo’nalishi sardorining vazifalari. O’quvchilar o’rtasida Yoshlar ittifoqining maqsad-vazifalarini targ’ib etadi, ularda milliy g’urur, vatanparvarlik va fidoyilik tuyg’ularini shakllantirish, ma’naviy kamolotini yuksaltirish, shuningdek, umumiy o’rta ta’lim maktabining ichki tartib-qoidalariga o’quvchilarning to’liq rioya etishi, tarbiyasi og’ir (profilaktik nazoratda turgan), o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ishlash chora-tadbirlarini belgilaydi, “Etakchi” klubi sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
  2. siyosiy-huquqiy savodxonlik yo’nalishi sardori ning vazifalari.  O’quvchi-yoshlarning fuqarolik huquq va burchlarini anglashi, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi, yuristkonsulьt bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
  3. Iste’dodli yoshlar yo’nalishi sardorining vazifalari.
O’quvchilarning maktab va sinfdan tashqari bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etadi hamda iqtidori, iste’dodi, ijtimoiy faolligi, tashabbuskorligini rivojlantirish borasida chora-tadbirlarni amalga oshiradi, tashkiliy bo’lim sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi
  1. Tashabbus va loyihalar yo’nalishi sardorining vazifalari.
Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi yoshlarning har qanday murojaat va tashabbuslarini qabul qiladi, taklif-tashabbuslarini o’rganadi va muammolarga amaliy yechim topish uchun yetakchi bilan birgalikda maktab direktori hamda Yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashiga yetkazadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi
  1. Sport va harbiy vatanparvarlik yo’nalishi sardorining vazifalari.
 O’quvchilar o’rtasida ommaviy sport tadbirlarini tashkil etadi, harbiy sport mashg’ulotlariga doir musobaqalarni o’tkazadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
  1. Salomatlik va ekologiya yo’nalishi sardorining vazifalari.
O’quvchilar o’rtasida sog’lom turmush tarzi va ekologik madaniyatni targ’ib etadi, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi, maktab va turarjoylarda obodonlashtirish-ko’kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etadi, mehnat bo’limi sardori va “Ekosan” klubi sardori bilan “Eng ozoda sinf” tanlovlarini o’tkazadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
  1. Ijtimoiy himoya yo’nalishi sardorining vazifalari.
Kam ta’minlangan oilalar farzandlari, yakka tartibda uyda ta’lim oluvchi o’quvchilar bilan ishlaydi, ularning ma’nan sog’lom shaxs sifatida shakllanishida yordam beradi, keksa va nafaqadagi faxriylar holidan xabar olish ishlarini tashkil etadi, “Mehr-shafqat” klubi sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
  1. Press klub sardorining vazifalari.
Yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatiga oid ma’lumotlar, o’tkazilgan tadbirlarni maktab devoriy gazetalari, ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlaydi, 8 – 11-sinflarda Yoshlar ittifoqi burchaklarini tashkil etadi hamda maktab radiosi faoliyatini tashkil etadi, matbuot bo’limi sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
  1. Maktab “Kamalak” sardorining vazifalari.
 1 – 7-sinflarda boshlang’ich tashkilot faoliyati samarali tashkil etilishini muvofiqlashtiradi, 1 – 7-sinflar sardorlar kengashlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, o’z tizimidagi sardorlar faoliyatiga uslubiy ko’mak ko’rsatadi, taklif-tashabbuslarini yoshlar yetakchisiga olib chiqish kabi vazifalarni bajaradi. O’z tizimidagi sardorlar faoliyatiga rahbarlik qiladi.
  1. Yuristkonsulьtning vazifalari.
Sardorlar kengashining ish rejasidagi tadbirlarni muvofiqlashtiradi, yig’ilishlarni tashkillashtiradi va qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi, sardorlar kengashi a’zolari yuritayotgan hujjatlarni nazorat qiladi va tartibga soladi, siyosiy-huquqiy savodxonlik yo’nalishi sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
  1. O’quv bo’limi sardorining vazifalari.
O’quv reydlarini amalga oshiradi, “Kamalak” sardori bilan birgalikda turli xil bayram, ko’rik-tanlov, viktorina, musobaqa va shoular stsenariylarini tuzadi, tashkiliy bo’lim va iste’dodli yoshlar yo’nalishi sardori bilan birgalikda tadbirlarni uyushtiradi, monitoring ishlarini olib boradi, maktab o’quvchilarining kundaligini nazorat qiladi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
  1. Matbuot bo’limi sardorining vazifalari.
“Kamalak”  bolalar tashkiloti burchagi va uni muntazam ravishda boyitib borilishiga shaxsan javob beradi, sardorlar kengashi tomonidan olib borilayotgan ishlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishini ta’minlaydi, doimiy ravishda turli rasmlar ko’rgazmasi va devoriy gazetalar tanlovlarini uyushtiradi, tashkilot tomonidan o’tkazilayotgan har bir ko’rik-tanlov, bayram va kechalarda tadbirlar zalini jihozlaydi, 1 – 7-sinflarda “Kamalak” burchaklarini tashkil etadi, press-klub sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
  1. Tashkiliy bo’lim sardorining vazifalari.
“Kamalak” sardori bilan birgalikda turli bayram, ko’rik-tanlov, viktorina, musobaqa va shoular o’tkazadi, tashkilotdagi barcha tadbirlarni yuqori saviyada o’tishini ta’minlaydi, iste’dodli yoshlar yo’nalishi sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
  1. Mehnat bo’limi sardorining vazifalari.
 “Ekosan” klubi sardori bilan hamkorlikda turli xil tadbirlarni amalga oshiradi, haftaning har shanba kuni hasharlar uyushtiradi, salomatlik va ekologiya yo’nalishi sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib boriladigan ishlar yuzasidan hisobot berib boradi.
  1. “Etakchi” klubi sardorining vazifalari.
O’quvchilarni “Kamalak” bolalar tashkilotiga tayyorlaydi, otaliqqa olingan sinflarda turli bayram va tadbirlarni uyushtiradi, proferentatsiya ishlarini olib boradi, ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy ishlar yo’nalishi sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
  1. “Ekosan” klubi sardorining vazifalari.
Mehnat bo’limi sardori bilan hamkorlikda muntazam ravishda hasharlar o’tkazadi, “Eng yaxshi ko’kalamzorlashtirilgan bog’” mavzuida tanlov, ekibanalar ko’rik-tanlovini o’tkazadi, salomatlik va ekologiya yo’nalishi sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
  1. “Mehr-shafqat” klubi sardorining vazifalari.
Xonadonlarda istiqomat qilayotgan qariyalar ro’yxatini tuzadi, tashkiliy bo’lim va ijtimoiy himoya yo’nalishi sardorlari bilan birgalikda qariyalar uchun turli xil bayram kechalarini tashkil etadi, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli tadbirlar uyushtiradi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
  1. “Kamalak“ bolalar tashkiloti a’zoligiga talablar:
Namunali xulq-atvor,besabab dars qoldirmaslik,jamoat ishlarida faollik.
  1. “Kamalak“ bolalar tashkiloti a’zolari safidan chiqarish qanday hollarda amalga oshiriladi?
  • tashkilot a’zosining o’z xohishiga ko’ra;
  • tashkilotga a’zolik yoshidan o’tganda;
  • tashkilot a’zosi bergan va’dasiga rioya etmagan taqdirda;
  • tashkilot a’zosi tomonidan ushbu Nizomga zid bo’lgan xatti-harakatlarga yo’l qo’yilganda;
  • tashkilotning faoliyati tugatilganda.
  1. Yoshlar ittifoqi sardoriga qo’yiladigan talablar?
  • besabab dars qoldirmay, namunali xulq-atvori bilan tengdoshlariga o’rnak ko’rsatadi;
  • tabiiy sardorlik, tashkilotchilik qobiliyatiga ega, tengdoshlarini o’zi ortidan ergashtira oladi va jamoat ishlarida faol ishtirok etadi;
  • Yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyati, shuningdek, o’zi sardorlik qilayotgan yo’nalishlar bo’yicha yetarli ma’lumotga ega bo’lishi talab etiladi.
  1. O’zbekiston yoshlar ittifoqi a’zolariga qanday imtiyozlar taqdim etiladi?
Davlat boshqaruvi akademiyasida o’qish, Yoshlar ittifoqi stipendiyasi, bepul kompьyuter  o’quv dasturlari, qo’shimcha chet tillari o’quv kurslari, bepul seminar treninglar, kadrlarni ish bilan ta’minlash, oliy o’quv yurtlariga imtiyozli kirish, talabalar to’lov kontrakt summasinin 35% ini to’lab berish, yosh tadbirkor va mutaxassislarga soliq imtiyozlari, yosh oilalar uchun imtiyozli uyo joylar, 10 yilga imtiyozli avtokreditlar.
  1. “Kamalak“ bolalar tashkiloti o’quvchilarga qanday imtiyozlar beradi?
Oromgohlarda bepul dam olish, o’quvchi yoshlar stipendiyalari, bepul turistik sayohatlar, xorij davlatlarida tajriba amashish, turli tanlov va loyihalarda ishtirok etish, bepul o’quv kurslari  va to’garaklarga qatnashish imkoniyatlari.
  1. O’zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkilot tomonidan o’tkazilgan tanlov va loyihalardan sanab bering.
“Yosh kitobxon”, “Kamalak yulduzlari”, “Momomning sadig’i” ertaklar tanlovi,  respublika insholar tanlovi, Z.M.Bobur tavalludiga bag’ishlangan videoroliklar tanlovi, “O’zbekiston yoshlari terrorizmga qarshi” loyihasi.
  1. Maktabda O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan o’tkazilgan tanlov va loyihalardan sanab bering.
“Onajonim tabiat” asfalьtga rasm chizish tanlovi, “Biz terrorizmga qarshimiz” fotosuratlar tanlovi, “Bizni mehr birlashtiradi” aksichsi, “Qorboboga maktub” va “Qorbobo ustaxonasi”, “Bobomning hikmatlari” loyihalari, “Salomat bo’ling!” aktsiyasi.

Оставьте комментарий