Yurak xastaliklari davosi

DO`STLARGA ULASHING:

*Tuxumni chala pishirib, sarig‘i eb yurilsa, yurakni quvvatlantiradi.
*Issiq mijozli odam kashnichni maydalab eb yursa, yurakka quvvat beradi, uni xafalikdan qutqaradi.
*Hayvon (mol-qo‘y) yuragini hil-hil qilib pishirib yoki yog‘ bilan qovurib, sirka qo‘shib eyilsa, yurakka quvvat beradi, xafaqon illatini quvadi.

*Har kuni nahorda o‘rik sharbatidan bir piyola ichish yoki kuniga 4-5 ta o‘rik turshagi eb yurish har qanday yurak xastaligini davolashda qo‘l keladi va yurakni baquvvat qiladi.
*Govchashm (sigirko‘z) shirasi, govzabon shirasi, gulob yurakka quvvat bag‘ishlaydi.
*Anbar (kashalot balig‘idan olinadigan xushbo‘y modda) keksalarning yuragiga quvvat beradi.
*Binafsha yog‘i, shirin olma sharbati, shirin anor sharbati yurakni quvvatlantiradi.
*Kapalakgulning gullaridan choy damlab ichish ham yurak xastaligiga davo.
*Sakkiz gr. pillani suvda qaynatib, oq qand bilan qiyomga keltirib eyilsa, yurakni quvvatli qiladi.
*Tol bargi va novdalarini yoyib, ustiga yotilsa, yurak haroratini daf qiladi.
*Sariq choy (dalachoy)ning quruq o‘tini suvda qaynatib tindirgach, bir osh qoshiqdan kuniga 2-4 marta ovqatdan keyin ichish ham foyda beradi.
*Quritilgan kashnich, behi iste’mol qilish, oq atirgul hidlash bilan yurakni quvvatlantirish mumkin.
*Besh gr. kungaboqar ildizining suvini ichilsa, sovuqlikdan zaiflashgan yurakka shifodir.
*Kuniga bir kosa yangi sog‘ilgan sigir sutini issig‘ida ichilsa, yurakka, kuch bag‘ishlaydi.
*Nok, xandon pista, anjir yurak zaifligi va xastaliklarini davolashda yaxshi shifodir.
*Dasht yalpizi, suv yalpizini yanchib suv bilan yutilsa, yurakning behuzur bo‘lishiga shifodir.
*Har kuni ikki gramm qalampirmunchoqni yanchib, suv bilan yutilsa, yurak behuzurligini daf qiladi.
*Olvali (mayda olcha) va barcha turdagi behi yurak behuzurligini davolashda eng yaxshi vositadir.
Manba: termezokshomi.uz

Оставьте комментарий