20-iyul — Imom al-Buxoriy tavallud topgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 20-iyul — Imom al-Buxoriy tavallud topgan kun

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mugʻiyra ibn Bardazbeh al-Juafiy al-Buxoriy hijriy hisobda 194-yil shavvol oyining 13-kuni — milodiy 810-yil 20-iyulda Buxoro shahrida tavallud topgan.

Imom Ismoil al-Buxoriy — Islom olamining yirik mutafakkiri, taniqli muhaddis olim (muhaddislik — hadislar haqidagi fan, payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning islom dini uchun xos so‘zlari va ishlari haqidagi xabarlar) va ahamiyatiga ko‘ra Qur’ondan keyingi o‘rinda turuvchi “Al Jome as Sahih” kitobining muallifi.

Hijriy 256-yil — milodiy 870-yil 1-sentyabrda 60 yoshida Samarqand viloyatining Xartang qishlog‘ida vafot etgan va shu yerda dafn qilingan.

Оставьте комментарий