30-noyabr—Amerikalik yozuvchi Mark Tven tavallud topgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

30-noyabr—Amerikalik yozuvchi Mark Tven tavallud topgan kun.

Mark Tven taxallusi; asl ism sharifi Semuel Lengxorn Klemens) 1835-yil 30-noyabrda Floridada (Missuri shtati) tug’ilgan.Folklyor syujeti asosida yozilgan “Kalaverasdan chiqqan mashhur sakrovchi qurbaqa” asari (1865)da soddadil amerikaliklarning hazil-mutoyibasi va hayoti tasvirlangan.“Zarhal asr” (1873, Ch.Uorner bilan hamkorlikda) romani moliyaviy-siyosiy koorupsiya haqida, “Yaltiroq asr” (1874) satirik romanida esa jamiyat illatlari hajv etiladi. Yumoristik va satirik yo’sinda yozilgan “Eski va yangi hikoyalar” (1875), “Tennesidagi jurnalistika” (1869), “Meni gubernatorlikka qanday saylashgani”(1870), “Qishloq xo’jaligi gazetasiga qanday muharrirlik qildim” (1870) singari to’plamlariga kirgan asarlarida Amerika hayotining turli qirralari tasvirlangan.

Оставьте комментарий