23-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR:

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 23-iyul 2023-yil, yakshanba.

 

👉 BAYRAMLAR:
🌏 Butunjahon bobo-buvilar va keksalar kuni.
🌏 Butunjahon kitlar va delfinlar kuni.

 

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh ‐ Ota-onalar kuni.
🇲🇨 Indoneziya — Bolalar kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston ‐ Chakana savdo xodimlari kuni.
🇵🇪 Peru — Peru havo kuchlari kuni.
🇵🇬 Papua-Yangi Gvineya — Xotira kuni.
🇪🇬 Misr — Inqilob kuni.
🇴🇲 Ummon — Uyg’onish kuni.
🇯🇵 Yaponiya — Yozuv kuni.

 

👉 VOQEALAR:
— 971 — Rus knyazi Svyatoslav Igoryevich Dorostol (Bolgariya) devorlari yonidada harbiy kengash o’tkazdi va Vizantiya bilan urush paytida so’nggi jangni o‘tkazishga qaror qildi.
— 1453 — Gever jangida  Burgundiya gersogi Filipp III Saxiy  Gent isyonchilarini qattiq mag’lubiyatga uchratdi.
— 1508 — Pedro Navarro qaroqchilardan Penon orolini qaytarib oldi.
— 1533 — Istanbulda birinchi Avstriya-Turkiya tinchlik shartnomasi tuzildi.
— 1711 — Prut shartnomasi imzolandi, unga ko’ra Rossiya Azovni Turkiyaga qaytarib berdi va Taganrog qal’asini buzib tashlashni zimmasiga oldii.
— 1793 — Olmoniya hududidagi Mayns Respublikasi barham topdi.
— 1831 — Staraya Russda vabo qo’zg’oloni boshlandi.
— 1867 — Rossiyada Turkiston general gubernatorligi tuzildi.
— 1874 — Aleksandr Nikolaevich Lodiygin cho‘g‘lanma lampa uchun 1619-sonli imtiyozga ega bo’ldi.
— 1881 — Xalqaro gimnastika federatsiyasi tashkil topdi.
— 1908 — Yosh turklar inqilobi. Turkiyada konstitutsiya tiklanishi.
— 1951 — Fransiyaning Rokenkort shahrida NATO shtab-kvartirasi ochildi.
— 1952 — Misrda Iyul inqilobi.
— 1974 — Gretsiyadagi «qora polkovniklar» diktaturasi ag’darildi.
— 1974 — Farg’ona viloyatidagi Quva shahri tashkil topgan kun.
— 1985 — «Topol» raketalari tayyor holga keltirildi.
— 1991 —  Sonic the Hedgehog seriyasining birinchi o’yini (16 bit) chiqdi.
— 1992 — Abxaziya Gruziyadan mustaqil boʻldi.
— 1995 — eng yorugʻ kometalardan biri kashf qilindi.
— 2000 — Quyosh tizimidagi eng katta sayyora — Yupiterning yangi tabiiy yo’ldoshi kashf qilindi. Bu barcha ma’lum bo’lganlar ichida eng kichik yo’ldosh bo’lib, diametri 4,8 km. Kashfiyot Arizona universitetida astronomlar tomonidan qilingan va Massachusets Observatoriyasi tomonidan tasdiqlangan.
— 2015 — Kepler teleskopi yordamida yer tipidagi birinchi ekzoplaneta topildi, u quyoshga o’xshash yulduz — Kepler-452 b. zonasida joylashgan.
— 2016 — Kobulda namoyish paytida terakt sodir bo’ldi, 80 ga yaqin odam halok bo’ldi.
— 2018 — Attika Gretsiya)da o’rmon yong’inlari boshlandi, 102 kishi halok bo’ldi
— 2021 — Tokioda 2020-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

 

👉 TAVALLUDLAR:
— 1401 — Franchesko Sforsa (1466) — Milan hukmdorlari sulolasining asoschisi, kondotyer.
— 1792 — Pyotr Vyazemskiy (1878) — rus shoiri, adabiyotshunos, tarixchi, tarjimon, publitsist, davlat arbobi.
— 1859 — Vladimir Palladin (1922) — rus botanigi va biokimyogari, akademik, o’simlik biokimyosi maktabining asoschilaridan biri.
— 1884 — Albert Uorner (1967) — to’rt aka-ukalarning ikkinchisi — Gollivud Warner Brothers film kompaniyasining asoschilaridan biri.
— 1892 — Xayle Selassiye I (1975) — Efiopiyaning oxirgi imperatori (1930-1974).
— 1896 — Naum Goldman (1981) — dirijyor, pedagog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1943).
— 1898 — Tarashonkor Bondopaddxay (1971) — hind yozuvchisi.
— 1906 — Vladimir Prelog (1998) — Shveytsariyalik organik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1975).
— 1923 — Kiril Kornblat (1958 y.) — Amerikalik fantast yozuvchi.
— 1941 — Flora Kerimova — qo’shiqchi, Ozarbayjon xalq artisti.
— 1954 — Alla Kudlay — qoʻshiqchi, Ukraina xalq artisti (1997).
— 1960 — Jon Landau — amerikalik kinoprodyuser, Oscar va Oltin globus mukofotlari sohibi.
— 1961 — Woody Harrelson — amerikalik aktyor, kinoyulduz.
— 1968 — Stefani Seymur — amerikalik supermodel va aktrisa.
— 1976 — Judit Polgar — vengriyalik shaxmatchi, xalqaro grossmeyster.
— 1989 — Deniyel Redkliff — Britaniyalik aktyor, Garri Potter filmi orqali dunyoga tanilgan.
— 1995 — Mehrinoz Abbosova — oʻzbek shoirasi, Xalqaro jurnalist va adabiyotshunos.

Оставьте комментарий