23-iyul — Butunjahon kitlar va delfinlar kuni

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 23-iyul — Butunjahon kitlar va delfinlar kuni

Bugun dunyoda “Butunjahon kitlar va delfinlar kuni” nishonlanmoqda.

Ushbu bayram 1986-yil kiritilgan bo‘lib, Xalqaro kit ovlash (International Whaling Commission: IWC) komissiyasi 200 yil davomida qilingan kitlarni shafqatsiz qirg‘inliklarini ta‘qiqlab qo‘ygan.

Ya’ni, kitlarni ovlash hamda butun dunyo bo‘yicha kit go‘shti savdosi man qilingan.

Biroq ularni ovlash — ushbu jonivorlarga bo‘lgan yagona tahdid emas.

Kit, delfin va boshqa dengiz sutemizuvchilarining qirilishiga sabab bo‘layotgan yana bir asosiy omil – delfinariya, okeanarium hamda sirk uchun ovdir.

Shu sababli bugungi kunda bu kun nafaqat kitlarni, balki barcha dengiz sutemizuvchilarini himoya qilish kuni hamdir.

Оставьте комментарий