12-dekabr, taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatov tug‘ilgan kun.

DO`STLARGA ULASHING:

12-dekabr, taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatov tug‘ilgan kun.

?Chingiz To‘raqulovich Aytmatov XX asr qirg‘iz adabiyotining eng iste’dodli va jahonga tanilgan yirik namoyandalaridan biridir.
? U 1928-yil 12-dekabrda Qirg‘izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug‘ilgan.
? Chingiz dastlab rus maktabida, keyin qirg‘iz maktabida o‘qidi, qishloq sho‘rosida kotib, soliq yig‘uvchi, brigada hisobchisi bo‘lib ishladi.
? Adib nomini ilk bor xalqaro miqyosda mashhur qilgan, 1958-yilda yozilib, jahon xalqlarining 40 dan ortiq tillariga tarjima qilingan asar «Jamila» qissasi bo‘ldi.
?«Jamila» qissasini Lui Aragon «Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa» deb atagan.
? Qirg‘iziston Reslublikasida Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro «Oltin medal» mukofoti ta’sis etilgan (1999).
? Chingiz Aytmatovning asarlari 80 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan.
? Chingiz Aytmatov 2008-yil vafot etgan.

Оставьте комментарий