4 oylik chaqaloq rivojlanishi

DO`STLARGA ULASHING:

4 oylik chaqaloq rivojlanishi
To’rt oylik chaqaloq rivojlanishi jadal kechadi. Bu tezlik birinchi 3 oydagi tezlikka qaraganda biroz past bo’lsada, lekin baribir keyingi oylarga nisbatan yuqori. To’rtinchi oyning oxiriga kelib bola tana massasi o’rtacha 750-800 grammga ortadi, bosh aylanasi 1-1.5 sm ga kattalashadi, ko’krak qism aylanasi 1.5-2 sm ga oshadi. Bolaning umumiy bo’yi esa 2.5 sm ga ortadi.
✅4 oylik chaqaloq rivojlanishi quyidagi holatlarda namoyon bo’ladi:
Bolaning bosh miyasi va asab tizimi jadal sur’atda rivojlanib bormoqda. To’rt oylik bola bilan 3 oylik bolani solishtirsa qanchalik katta farq mavjud ekanligi o’zingizga ham oson seziladi. Lekin hamma organlari ham 100% faoliyat ko’rsatmaydi. Masalan, eshitish qobiliyatiga kelsak, 4 oylik bola faqat 4 tondagi tovushlarni ajrata olsa, 1 yoshlik bola 10 ga yaqin tonlarni ajrata biladi. Hidlarni aniqlash hislari ham endi-endi shakllanmoqda.
Bolaning boshqa organlari ham o’sib rivojlanmoqda. O’pka og’irligi tug’ilgan chaqaloqnikidan 2 barobar og’irroq. Oshqozon osti bezi ham 1.5 barobar kattalashgan. Jigar og’irligi 40-50 grammga oshgan.
✅Bola ovqat hazm qilishi ancha osonlashgan. Kecha va kunduzni ancha-muncha ajrata olish xususiyati namoyon bo’ladi.
To’rt oylik bolada yangi rivojlanish bosqichi boshlanmoqda, shuning uchun ota-onadan bu davr yangi kuch va ishtiyoqni talab etadi. Bolaga yangi massaj usuli qo’llaniladi, bola bilan muloqot qilish yangicha bo’ladi.
To’rt oylik bolaga qo’shimcha ovqat berish erta hisoblanadi. Bu davrda eng yaxshi oziqa ona sutidir.
Bu davrda asosan qilinadigan emlash bu AKDS privivkasidir.
To’rt oylik bolaning ota-onasi ancha yengil tortadilar. Bu davrda bolaning tinmay tushunarsiz tinmay yig’lashi, qornida gaz yig’ilishi, ovqat hazm qila olmaslik qiyinchiliklari kam kuzatiladi.
✅To’rt oylik chaqaloq:
— Narsalarni aniq kuzata oladi.
— Oyoqlarini bosa oladi.
— Suyanchiqlar bilan o’tira oladi.
— Boshini ko’tarib, tomonlarga qaratadi.
— Qornidan yoniga dumalaydi.
— Qo’llarini cho’zib, ko’tar deydi.
— Oldidagi o’yinchoqqa intiladi.
— Kiyimlarni o’rganadi.
— Narsalarni ushlay oladi.
— So’lagini o’ynaydi.
— Qattiq kuladi.
— Chapay chaladi.
— Buyumlar nomini anglaydi (masalan, «ana kuchuk» desa, kuchukni qidira boshlaydi).
— Barmoqlarini o’ynaydi.
— Ko’chalarni tomosha qilishni yaxshi ko’radi
Manba©
@yosh_onalarga_maslahatlar

Оставьте комментарий