5 oylik bola rivojlanishi

DO`STLARGA ULASHING:

5 oylik bola rivojlanishi

Beshinchi oyda bola vazni 650-700 grammga oshadi, bo’yi esa o’rtacha 3 smga ortadi. Bosh aylanmasi 1 sm ga va ko’krak aylanmasi 1.5-2 sm kengayadi. Albatta psixik rivojlanish ham jaddal bormoqda.

Masalan, 5 oyga kelib shu kunga qadar amalga oshirilgan massaj yoki gimnastika endi bola uchun «eskirgan» desak bo’ladi. Chunki bu davrdagi bolaning rivojlanishi qo’shimcha rivojlantiruvchi usullar qo’lanilishini talab etadi.
Bu davrga kelib ko’p ota-onalar bolasiga qo’shimcha ovqat berishni boshlay yuboradilar. Lekin bizning tavsiyamiz 6 oygacha bolaga qo’shimcha ovqat berish shart emas.

✅Besh oylik bola qo’llari bilan narsalarni ushlab oladi.

✅Suyangichlar bilan o’tira oladi.

✅Ushlab tursangiz o’z oyoqlarida tanasi og’irligini ushlab tura oladi.

✅Qornidan beliga dumalaydi.

✅»Samolyot» shaklida qornida o’ynaydi.

✅Yerda g’imirlab yarim metrga siljiydi.

✅Oyoq barmoqlarini qo’li bilan ushlay oladi.

✅O’yinchoqlarni og’ziga soladi.

✅Kubiklarni o’ynashni boshlaydi.

✅»Ba-ba-ba» deb o’ziga jalb qiladi.

✅Tovushlarni qaytarishni xohlaydi.

✅Siz yeyayotgan ovqatga qiziqish ko’rsatadi.

✅Ranglarni yoqtiradi.

✅Dori berayotgan qo’lingizni itaradi.

✅Sochlaringizni o’ynaydi.

✅O’yinchoqlarni tovush chiqarishi uchun siqa oladi.

✅Bekinmachoq o’ynashni yaxshi ko’radi.

Manba©
@yosh_onalarga_maslahatlar

Оставьте комментарий