8 yanvar – Prokuratura organlari xodimlari kuni

DO`STLARGA ULASHING:

8 yanvar – Prokuratura organlari xodimlari kuni

Muhtaram Prezidentimiz 2016 yil 19 dekabr kuni prokuratura xodimlari uchun muhim tarixiy sanaga asos soldilar. Ya’ni, “8 yanvarni – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni” deb belgilash haqidagi qonunni imzoladilar. Ta’kidlash joiz, prokuratura organlari tomonidan jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, umuman, barcha yo‘nalishlarda salmoqli ishlar qilinmoqda va muhim natijalarga erishilmoqda. Xalqimizning farovon, tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlash, mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish barchamizning oliy maqsadimizdir. Jamiyatda qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlashdek sharafli va mashaqqatli vazifani yuksak mas’uliyat va sadoqat bilan bajarishimiz talab etiladi. Prokuratura organlarini xalq prokuraturasiga aylantirish avvalo, tizimda ochiqlik va shaffoflikni to‘la ta’minlash hamda faqat va faqat xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qiladilar, — dedi Bosh prokuror.

Оставьте комментарий