DO`STLARGA ULASHING:
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni sherlari va tabriklar.
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni yurtimizda katta hurmat va ehtirom bilan nishonlanadi. Ushbu
muqaddas sana Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi va kelajagi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan mard
va jasur himoyachilarimizga bag‘ishlanadi. Shu munosabat bilan ushbu sahifada 14-yanvar Vatan
himoyachilari kuni uchun eng chiroyli, ma’noli va ta’sirli she’rlar, samimiy tabriklar hamda
vatanparvarlik ruhidagi misralar jamlangan. Bu she’rlar bayram tadbirlarida, saytlar va ijtimoiy
tarmoqlarda foydalanish uchun qulaydir.
Vatan himoyachilari kuniga sher
Mart o’g’lonlar turar to’p,
Ona zamin Vatan deb,
Qorachig’dek asrar xo’p,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Har bir o’g’lon burchidir,
Asrab avayla yurtdir,
O’z uyida xursanddir,
Mustaqillik yurtimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Bizdan keyin farzandlar,
Bizdek asrab avaylar,
Dunyo O’zbekni bilar,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
O’zbekdan sayyoxlarga,
Kerakmas taklif noma,
Nimasidir yoqqanda,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yutimiz.
Bizning yoshlar birinchi,
Kelajak boshi bari,
Ona deydi Vatanni,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Yurt boshimiz bobomiz,
Muqaddas vatanimiz,
Asraymiz tinchligimiz,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Ona –Vatan posbonlari.
Qadamidan o’t chaqnaydi,
Tomirida Temur qoni.
Shunqori bor el qo’rqmaydi,
Ortar olqish, sharf-shoni.
Alp –qomatli polvonlar,
Ona Vatan posbonlari!
-Vatanimiz O’zbekiston ,
Ushalmoqda armonlari.
Madhiyasi tilda doston,
Dardida em-darmonlari.
Ona –Vatan posbonlari!
Askar-askar o’ynaymiz.
-Askar-askar o’ynaymiz,
-Biz askar, biz askar.
-Askar-askar o’ynaymiz,
– Siz askar, siz askar.
-O’q otishga yo’l bo’lsin ,
-Qo’ymaymiz-qo’ymaymiz.
-Biz ham kichik qo’riqchi,
-Askarlarmiz, askarlar.
-Yurtimizni tinch-omon,
-Asraymiz, asraymiz.
Jajji askarlar.
Bizlar jajji askarlar ,
Yurt posboni navkarlar.
Yovga qilmaymiz shafqat ,
Qo’rqmas botir , shunqorlar .
Yelkamizda avtomat,
Turib navbatma-navbat.
Qo’riqlaymiz sarhadni,
Misli alpomish kelbat.
Jajji askarmiz hali,
Ko’rganlar aytar balli.
Vatan ishonar, uning,
Biz ertasi.
Tinchlik posboni.
Siz borsizki osudadir hayotimiz.
Siz borsizki ko’ngil tinch-u xalq farovon.
Siz borsizki xotirjamdir har kunimiz.
Ming shukurkim siz bor uchun dil charog’on.
Men bo‘lajak askarman.
Erta turib, yugurib,
Kuch~quvvatga to‘laman.
Sport bilan do‘st bo‘lib,
Yurtga xizmat qilaman,
Men mard askar bo‘laman.
Chap berib shamollarga,
Chegarada turaman.
Issiqdayam~qorlarda,
Yurtga xizmat qilaman,
Men mard askar bo‘laman.
Temur bobomday qo‘rqmas,
Jaloliddinday qaytmas,
Ko‘rganlar qilar havas,
Yurtga xizmat qilaman,
Men mard askar bo‘laman.
