DO`STLARGA ULASHING:
Time-menagement
Vaqt o’tyapti, deymiz, lekin vaqt o’tmaydi, biz uni o’tkazib yuboramiz. Chunki, kunni rejalashtirmaymiz, ba’zilar esa, rejalashtirishni ham bilmaydi.
Agar siz kunlik ishlaringizni reja qilmoqchi bo’lsangiz, quyidagi usuldan foydalaning:
1. Qilishingiz kerak bo’lgan ishlar ro’yxatini tuzing;
2. Ularni muhimlilik darajasiga qarab ajrating;
3. Muhim ishlarni birinchi bajaring;
4. Muhim bo’lmagan ishlarni boshqalarga topshiring;
5. Barcha chalg’ituvchi omillarni chekkaga surib, diqqatli bo’ling;
6. Ishingiz yakunlanmaguncha o’rningizdan turmang, boshqa ishga o’tmang.