BUVIJONIM

DO`STLARGA ULASHING:

BUVIJONIM
????????
Dadajonim onasi,
Siz-la yorug’ xonamiz.
Onamdan ham ko’proq,
Erkalaysiz doim siz.

Bizni mudom sevasiz,
Mehribonsiz buvi siz.
????????
Uyimizning ustuni,
Rizq-nasiba butuni.
Xo’p sog’inib qolamiz,
Ko’rmay qolsak bir kuni.

Bizni mudom sevasiz,
Mehribonsiz buvi siz.
????????
Buvijonim o’zingiz,
Qanddan shirin so’zingiz.
Qo’lingizni uzating,
Bo’lay yo’lda ko’zingiz.

Bizni mudom sevasiz,
Mehribonsiz buvi siz.
????????
Aytdingiz ko’plab ertak,
Tingladik, qilmay ermak.
Tinmay duo qildingiz,
Sizniki deb, kelajak.

Bizni mudom sevasiz,
Mehribonsiz buvi siz.
????????
Doim bo’ling sog’-omon,
Baxtimizga buvijon.
Siz keksalar duoda,
Yurtimiz tinch, farovon.

Yurtni mudom sevasiz,
Duodasiz buvi siz.
????????
RO’ZIMUROD BOLQIYEV
Mirzacho’l tumani

Оставьте комментарий