Aleksandr Blok

DO`STLARGA ULASHING:

Aleksandr Blok

Aleksandr Blok (1880-1921) — XX asr rus she’riyatining yorqin yulduzlaridan biri.

Uning ilk to’plami 1904-yilda «Go’zal Bonu haqida she’rlar» deb nomlangan. To’plam rafiqasi Lyubov Dmitroyevna (kimyogar D. Mendeleyevning qizi) ga bag’shlangan. Dastlab Aleksandr Blok simvolist (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Simvolizm) shoir sifatida tanilgan. 1905-yil inqilobiy oʻzgarishlar taʼsirida simvolizmdan (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Simvolizm) voz kechib, ijtimoiy mavzuda «Shahar», «Vatan», «Dahshatli olam», «Qasos» turkum sheʼrlari va «Tomoshaxona», «Atirgul va xoch» kabi dramalar yozgan.

Bolsheviklar hokimiyatni qoʻlga olgandan soʻng 5 oy davomida Aleksandr Blok «Oʻn ikki» dostonini, «Ziyolilar va inqilob» maqolasini yozib, oktyabr voqealari va Rossiya taqdiri haqida ijodiy mushohada yuritishga harakat qildi. U 1918-yilning mart oyidan soʻng to umrining oxirigacha hech qanday yangi asar yozmaydi, faqat «Qasos» poemasini nihoyasiga yetkazish bilan mashgʻul boʻladi.

Nechun yig’lay, boqiylik a’lo,
Ishq o’tida azoblanish baxt.

✍️ Aleksandr Blok

Оставьте комментарий