Alisher Navoiy g’azallari to’plami

DO`STLARGA ULASHING:

Mumtoz g’azallardan biri:

Munojot

Kecha kelgumdur debon, ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqtim-u chektim yo’lida intizor,
Keldi jon o’g’zimg’a-yu ul sho’xi badxo’ kelmadi.

Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro’zg’orimdek ham o’lg’onda qorong’u kelmadi.

Ul parvarash hajridinkim yig’ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko’rganda kulgu kelmadi.

Ko’zlaringdin necha suv kelgay, deb o’lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo’qsa kim qo’yida qadam,
Yo’lgakim, avval qadam ma’shuqa o’tru qilmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko’nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.

Yana bitta menga yoqadigan g’azal:

Oqara boshladi bosh-u…

Oqara boshladi bosh-u to‘kula boshladi tish,
Safar yarog’ini qilg’ilki, tushti boshinga ish.

Yigitligim boribon, keldi boshima qarilig’,
Fano yo‘lida bu yanglig’ emish borish-u kelish.

Yuz ulki, qirqdin ellikka qo‘ydi yuz, qilsa,
Ming ishidin biriga yaxshiliq mahol ermish.

Erur hayotning o‘q yanglig’ o‘lmakiga dalil,
Kishiki, yo kibi qadg’a asodin yetti kerish.

Adudur olti jihatdin manga chu yetti falak,
Ne sud yoshim agar oltmish va gar yetmish.

Yigitlik o‘ldi bahor-u kuhulat o‘ldi xazon,
Degan bu so‘zni — qarilig’ni qishqa o‘xshatmish.

Ne qish nishoti manga qoldi, ne xazon, ne bahor,
Bahorima chu xazon qo‘ydi yuz, xazonima — qish.

Ne turfa ishki, birav chun toriqti umridin,
Desa uzun yasha, qarg’ishdur anga bu alqish.

Navoiyo, tutar ahli fano najot yo‘lin,
Erishmak istar esang ishda ham alarni erish.

Hanuz

O’zga bo’ldi yoru mehri manga boqiydur hanuz,
Notavon ko’nglumda ul oy ishtiyoqidur hanuz.

Garchi o’zga yor istar xotirim, bordur valek,
Jon anga manzil, ko’ngul oning visoqidur hanuz.

G’ayr ishqi ko’nglum evinda nechuk qilg’ay nuzul,
Kim xayoli maskani ko’zim ravoqidur hanuz.

Ishq ila may tarkin, ey nosiq, ne nav’ aylay qabul,
Kim ko’ngulga orzu ul turfa soqiydur hanuz.

Furqat o’ti dofii dog’ o’rtamakdur demakim,
O’rtagan jonim ul oy dog’i firoqidur hanuz.

Charx yolg’uz qilmadi Farhod qonin lolazor,
Lola qonin to’kkuchi oning nifoqidur hanuz.

Ey Navoiy, garchi meni mehrsiz der erdi yor,
O’zga bo’ldi yoru mehri menda boqiydur hanuz.

Qoshi yosinmu deyin…

Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin,
Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?

Ko‘zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,
Bu kudurat aro ruxsori safosinmir deyin?

Ishq dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?

Zulfi dominmu deyin, la’li kalominmu deyin,
Birining qaydi, yana biring adosinmu deyin?

Turfa holinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko‘nglak uza gulrang qabosinmu deyin.

Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?

Ey Navoiy, dema qosh-u ko‘zining vasfini et,
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin?

12 комментариев к “Alisher Navoiy g’azallari to’plami”

  1. Уведомление: 뉴토끼

  2. Уведомление: _bluefacebb Chaturbate

  3. Уведомление: magic mushrooms for sale in us

  4. Уведомление: เงินด่วนได้จริง

  5. Уведомление: G45P GLOCK

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: married hookup

  8. Уведомление: Alexa Nikolas false

  9. Уведомление: Plantation Shutters

  10. Уведомление: Strawberry Mochi 3.5g Flower

  11. Уведомление: 뉴토끼

  12. Уведомление: click here for more info

Комментарии закрыты.