Amerika Tarixi

DO`STLARGA ULASHING:

Amerika Tarixi??
??__⚜️__??
Qadim zamonlarda hozirgi Amerika Qoʻshma Shtatlari hududida indeys va eskimoslar yashagan. Amerika 1492-yilda X. Kolumb tomonidan kashf etilgandan keyin 16-asrda Ispaniya, Fransiya, Angliya, Gollandiya, Shvetsiya, Shimoliy Amerikadagi boʻsh yerlarni egallashga kirishdi. Angliya 18-asr oʻrtalarida asosiy raqiblarini surib chiqarib, qitʼaning sharqiy qismida oʻzining mustamlakachilik hukmronligini oʻrnatdi. Yerlarni egallash va oʻrnashib olish bilan ayni bir vaqtda mahalliy aholi qirgʻin qilindi va Afrikadan qul negrlar ommaviy ravishda olib kelindi. 1775–83-yillardagi Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun urush davomida 1776-yil 4 iyulda federal davlat – Amerika Qoʻshma Shtatlariga asos solindi va u respublika deb eʼlon qilindi. J. Vashington Amerika Qoʻshma Shtatlarining birinchi prezidenta etib saylangan.

Оставьте комментарий