DO`STLARGA ULASHING:
Amir Temur bobomiz
???????
Amir Temur bobomiz,
Mard-u jasur bobomiz.
Jang-u jadallar kezgan,
Buyuk davlat, yurt tuzgan.
Abadiy o‘chmas nomi,
Tilimizda kalomi.
Unutmaymiz hech qachon,
Sizni ulug‘ bobojon!
???????
O’zbekning
???????
Yillarning qa’ridan omon chiqolgan,
Istibdod taxtini yengib, yiqolgan,
Istiqlol mash’alin gurlab yoqolgan,
Boshi, osmon bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Dong‘i doston bo‘lsin bugun o‘zbekning!
???????
Beruniy yaratgan ziyosi bilan,
Jon tabibi-ibn Sinosi bilan,
Qaddi baland bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Jismi payvand bo‘lsin bugun o‘zbekning!
???????
Amir Temur otliq bobosi bilan,
Marvarid yaratgan navosi bilan,
Intizor Boburiy Mirzosi bilan,
Nasli ulug‘ bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Rizqi to‘luq bo‘lsin bugun o‘zbekning!
Bobom
???????
Buyuk saltanatni tikladi Temur,
Istagi: avlodim otsa zo‘r tomir,
Mulki Turon dunyo uzugi bo‘lib,
Xalqim osoyishta ko‘rsaydi umr.
???????
Pirlar qissasi
???????
– Temur otli pahlavon,
Topar chog‘ida kamol –
Unga bo‘ldi esh, hamdam
Shayx Shamsiddin Kulol.
???????
– Sohib karomatlarning
Biri edi Shayx Kulol.
Tarag‘ay Bahodirning
Piri edi Shayx Kulol.
???????
– Amir Temur bahramand
Pirning o‘gitlaridan.
Ixlos bilan ushladi
Shayx Kulolning baridan.
???????
– Bir tomondan qo‘lladi
Suyub Said Baraka.
O‘tmas edi uningsiz
Mashvarat-u ma’raka.
???????
– Shundan buyuk saltanat
Dovrug‘ soldi jahonga.
Barcha ta’zim ayladi
Temur Sohibqironga.
???????
– Buyuk zotlar nafasi
Har doim qo‘llasin!
Ona yurtimni mudom
G‘oliblikka yo‘llasin!
???????
Sohibqiron
???????
Buyuk saltanatni tikladi Temur,
Istagi: avlodim otsa zo‘r tomir,
Mulki Turon dunyo uzugi bo‘lib,
Xalqim osoyishta ko‘rsaydi umr.
???????
Sohibqiron aytar: ey farzandlarim,
Ko‘zimning qarog‘i jon dilbandlarim.
Millatning dardiga darmon bo‘lingiz,
Bo‘shashtirmang mening bo‘g‘in-bandlarim.
???????
Adolat, ozodlik dastida bo‘ling,
Yomonlik, razolat qasdida bo‘ling.
Nifoq tuxumlarin ekmangiz aslo,
Yaxshilik, ezgulik rostida bo‘ling!
???????
Jahongir so‘zidan yaxshilik bunyod.
Bizga mayoq bo‘lsin, baxsh etib sabot.
Avlodlar bizlardan ololsin o‘rnak,
Shunda rizo bo‘lur Temurdayin zot.
???????