Asalli tort

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur mahsulotlar: 4 dona tuxum, 3 osh qoshiq asal, 300 gr. shakar, 200 gr. sariyog‘, 500 gr. un, 100 ml. sut, 100 gr. qora shokolad, jelatin, kraxmal, vanilin kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi: dastlab tovaga asal, shakar solib, aralashtiriladi. Shakar erigunga qadar alohida idishda tuxum yaxshilab iylanadi. So‘ng asalli qorishmaga un, kraxmal, iste’mol sodasi, vanilin, tuxum, sariyog‘ solib, yumshoq xamir qoriladi. So‘ngra 4 ta zuvalaga ajratiladi. Tingan zuvalalarni gaz patnisiga moslab, to‘rtburchak qilib yoyiladi va qizigan gaz pechida 170 daraja haroratda 5 daqiqa davomida pishirib olinadi.

Alohida idishga un, shakar, sut solib, past olovda krem tayyorlab olinadi. Krem sovugach, sariyog‘ solib mikserda aralashtiriladi.

Patnisiga pishgan xamirni ustma-ust qo‘yib, har birining orasiga krem, jelatin surtiladi. Eng ustiga eritilgan shokolad bir tekisda surtib chiqiladi.

BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/asalli-tort/

Оставьте комментарий