Asta-sekin vazn ortishiga sabab bo‘ladigan 6 ta mahsulot

DO`STLARGA ULASHING:

Asta-sekin vazn ortishiga sabab bo‘ladigan 6 ta mahsulot
Ba’zi mahsulotlar yillar davomida vazn yo‘qotishga to‘sqinlik qilib keladi. The Voice Mag nashri taqdim etgan 6 turdagi ushbu mahsulotni iloji boricha kamroq iste’mol qilish qilish tavsiya etiladi. (https://www.thevoicemag.ru/beauty/body/top-6-kovarnyh-produktov-iz-za-kotoryh-my-nezametno-nabiraem-ves/)
Qadoqlangan sharbatlar
Sotib olingan sharbatning bir stakanida 30 gramm shakar mavjud. Bu kunlik ehtiyojning yarmidan ko‘p degani. Shuning uchun, qadoqlangan sharbatlarni imkon qadar cheklash kerak.
Makkajo‘xori yormasi va myusli
Ushbu mahsulotlar ham ko‘rinishidan foydaliga o‘xshaydi. Aslida, o‘rtacha porsiyasida taxminan 30 gramm shakar mavjud bo‘lib, bu JSST tomonidan tavsiya etilgan standartlar bo‘yicha kunlik qiymatning yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Myusli yoki yormani oddiy bo‘tqa bilan almashtirish foydaliroq.
Yogurt va tvorog
Laktozaga qo‘shimcha ravishda ko‘pincha foydali deb ta’kidlangan ushbu mahsulotlarda ham shakar mavjud. Qo‘shimchalarsiz yogurt va tvoroglar bundan mustasno. Biroq diqqat bilan tanishish kerak: ba’zida ishlab chiqaruvchilar toza mahsulot tarkibiga ham shakar va konservantlarni qo‘shishga harakat qiladi.
Uchtasi birda qahvasi
Aksariyat xodimlar ish jarayonida kuniga bir necha martalab uchtasi birda qahvasini ichadi va qanday qilib ortiqcha vaznga ega bo‘layotganini sezmaydi. Axir, ushbu sevib ichiladigan bu ichimlikning bir porsiyasida 70 kilokaloriya va 10 gramm shakar mavjud.
Non
Bu haqda birov o‘ylamasa ham kerak, lekin butun donli nonda ham shakar miqdori 100 gramm mahsulot uchun taxminan 4 grammni tashkil qiladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, non birinchi navbatda uglevoddir, ya’ni undagi barcha shakar darhol qorinda yog‘ to‘planishiga sabab bo‘ladi.
Kolbasa va sosiskalar
Ko‘pchilik har qanday taomni me’yorida iste’mol qilishni organizm uchun zararsiz deb hisoblaydi. Biroq kolbasa mahsulotlari tarkibidagi yog‘, transyog‘lar va natriy glutamatning yuqori miqdori ularni ratsiondan chiqarib tashlash kerakligini anglatadi.
@taomlanish_ilmi

Оставьте комментарий